10.3. Xususiy kapitaldan foydalanish samaradorligining tahlili Xususiy kapitaldan foydalanish samaradorligini ifodalovchi asosiy
ko‘rsatkich bo‘lib, xususiy kapital rentabelligi hisoblanadi.
Xususiy kapital rentabelligini topish uchun sof foyda summasini 100 foizga
ko‘paytirib, natijasini xususiy kapitalning o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish lozim.
Uni quyidagi matematik formula ko‘rinishida ifodalash mumkin:
R
xk
= (SF×100) / XK, (10.1)
Bunda: R
xk
– xususiy kapital rentabelligi; SF – sof foyda summasi; XK – xususiy
kapitalning o‘rtacha yillik qiymati.
Xususiy kapital rentabelligi bir yoki yuz so‘mlik xususiy kapital hajmi
hisobiga olingan sof foyda summasini ifodalaydi. Agarda ushbu ko‘rsatkich o‘tgan
yildagi ko‘rsatkichga nisbatan yuqori bo‘lsa, u xususiy kapitaldan foydalanish
samaradorligining oshganligini bildiradi.
Xususiy kapital rentabelligining tahlili uning hisobot yilidagi darajasini
o‘tgan yildagi darajasiga solishtirib, umumiy o‘zgarishini aniqlashdan boshlanadi.
228
Shundan so‘ng, uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar aniqlanib, ularning
ta’sir darajalari hisob-kitob qilinadi.
Yuqoridagi xususiy kapital rentabelligini aniqlash formulasidan ko‘rinadiki,
uning o‘zgarishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
-
sof foyda summasining o‘zgarishi;
-
xususiy kapitalning o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi.
Mazkur omillar ta’sirini “Qayta hisoblash” usulini qo‘llash orqali aniqlash
mumkin. Buning uchun birinchi navbatda qayta hisoblangan ko‘rsatkichni aniqlab
olish zarur. Bu ko‘rsatkich hisobot yilidagi sof foyda summasini 100 foizga
ko‘paytirib, natijani o‘tgan yildagi xususiy kapitalning o‘rtacha yillik qiymatiga
bo‘lish orqali aniqlanadi. Ya’ni:
R
qh
= (SF
1
×100) / XK
0
Shundan keyin xususiy kapital rentabelligining omilli tahlili amalga
oshiriladi.
Omilli tahlilda xususiy kapital rentabelligiga yuqoridagi ikki omilning
ta’sirini topish uchun quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish lozim:
-
xususiy kapital rentabelligining sof foyda summasining o‘zgarishi hisobiga
o‘zgarganligini (∆R
sf
) aniqlash uchun xususiy kapital rentabelligining qayta
hisoblangan darajasidan (R
qh
) uning o‘tgan yildagi darajasini (R
0
) ayirish lozim:
±∆R
sf
= R
qh
- R
0
= ((SF
1
×100) / XK
0
) – ((SF
0
×100) / XK
0
)
-
xususiy kapital o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi (∆R
xk
) ta’sirini
aniqlash uchun xususiy kapital rentabelligi darajasining hisobot yilidagi
summasidan (R
1
) uning qayta hisoblangan darajasini (R
qh
) ayirish lozim:
±∆R
xk
= R
1
- R
qh
= ((SF
1
×100) / XK
1
) – ((SF
1
×100) / XK
0
)
Shuni ta’kidlash lozimki, yuqoridagi ikki omilning ta’siri natijaning umumiy
farqiga teng bo‘lishi kerak:
±∆R = (±∆R
sf
) + (±∆R
xk
)
Xususiy kapital rentabelligi va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarni “Sharq” fermer xo‘jaligi ma’lumotlari asosida “Qayta hisoblash” usuli
229
yordamida omilli tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi
(10.2-jadval).