247
kiritiladi:
-
sotish xarajatlari;
-
ma’muriy-boshqaruv xarajatlari;
-
boshqa operasion xarajatlar.
Bunda sotish xarajatlari qatoriga bevosita
mahsulotlarni xaridor va
buyurtmachilarga ortib jo‘natish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiradi.
Ya’ni, sotuvchilarning ish haqi xarajatlari, ish haqidan ajratmalar, asosiy vositalar
amortizasiyasi, reklama xarajatlari va boshqa xarajatlar.
Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari qatoriga esa xo‘jalik yurituvchi subyekt
boshqaruvi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiritiladi: mehnat haqi va undan
ajratmalar, ma’muriy binolar va xizmat
mashinalari amortizasiyasi, material
xarajatlari va boshqa.
Boshqa operasion xarajatlar qatoriga yuqoridagi sotish va ma’muriy-
boshqaruv xarajatlari tarkibiga kiritilmagan xarajatlar kiradi. Ya’ni, bank xizmati
xarajatlari, kadrlar malakasini oshirish va
qayta tayyorlash xarajatlari, to‘langan
jarima va penyalar, moddiy yordam va boshqa xarajatlar.
Shuningdek, asosiy faoliyatning moliyaviy natijasiga ta’sir ko‘rsatuvchi
uchinchi omil asosiy faoliyatning boshqa daromadlari bo‘lib, uning tarkibiga
quyidagilar kiradi:
-
undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar va penyalar;
-
hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi foyda;
-
xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy vositalarini va boshqa mol-
mulklarini sotishdan olingan daromadlar;
-
da’vo bildirish muddati o‘tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan
chiqarishdan olingan daromadlar;
-
davlat subsidiyalaridan daromadlar;
-
xolisona moliyaviy yordam;
-
boshqa operasion daromadlar.
Asosiy faoliyatning moliyaviy natijasi tahlilida
birinchi navbatda ushbu
248
ko‘rsatkich to‘g‘ri aniqlanganligi va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarning aniq shakllantirilganligi o‘rganilgan holda baho beriladi. Shundan
so‘ng, uning o‘zgarishi aniqlanadi hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlil
qilib o‘rganiladi.
Tahlil natijalari asosida asosiy faoliyat foydasini
oshirishning ichki
imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi va uni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-
tadbirlar ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi.
Asosiy faoliyatning moliyaviy natijasini “Sharq” fermer xo‘jaligi misolida
tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (11.4-jadval).
Dostları ilə paylaş: