245
fermer xo‘jaligi rahbariyati o‘tgan yilga nisbatan sotilgan bug‘doy
miqdorining
kamayish sabablarini o‘rgangan holda ularni bataraf etish, yetishtirilgan
mahsulotning tovarlilik darajasini oshirish va sotish hajmini ko‘paytirish
choralarini ko‘rishi lozim.
Yalpi foydaning o‘zgarishiga
ikkinchi omilning, ya’ni 1 s bug‘doyning
o‘rtacha sotish bahosi o‘zgarishining ta’sirini aniqlash uchun hisobot yilidagi va
o‘tgan yildagi o‘rtacha sotish baholari o‘rtasidagi farqni, hisobot yilida sotilgan
bug‘doyning haqiqiy miqdoriga ko‘paytirish kerak.
Mazkur hisob-kitobni
quyidagicha ifodalash mumkin:
±∆
B
=(B
1
–B
0
)×M
1
=(23700–20600)×7700=+3100×7700=+23870 ming so‘m.
Demak, fermer xo‘jaligida hisobot yilida 1 s bug‘doyning o‘rtacha sotish
bahosining hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan 3100 so‘mga oshishi,
yalpi foyda
summasini 23870 ming so‘mga ko‘paytirgan. Bundan ko‘rinadiki, bug‘doyning
o‘rtacha sotish bahosining oshishi yalpi foyda summasining o‘zgarishiga
ijobiy
ta’sir ko‘rsatgan.
Uchinchi omil, ya’ni yalpi foydaning o‘zgarishiga 1 s bug‘doy tannarxi
o‘zgarishining ta’sirini aniqlash uchun hisobot va o‘tgan yillardagi 1 s bug‘doy
tannarxlari orasidagi farqni hisobot yilida sotilgan bug‘doyning haqiqiy miqdoriga
ko‘paytirish zarur. Ushbu hisob-kitobni quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin:
±∆
T
=(T
1
–T
0
)×M
1
= (17775 – 16480)×7700 = +1295 × 7700 = -9971,5 ming so‘m.
Yuqoridagi hisob-kitobga ko‘ra, fermer xo‘jaligida 1 s bug‘doy tannarxining
hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan 1295 so‘mga qimmatlashishi, yalpi foyda
summasini 9971,5 ming so‘mga kamayishiga ta’sir ko‘rsatgan. Demak, 1 s
bug‘doy tannarxining o‘tgan yilga nisbatan hisobot yilida oshishi, yalpi foyda
summasining o‘zgarishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Shunday qilib, yuqoridagi hisob-kitoblardan ko‘rinadiki “Sharq” fermer
xo‘jaligi rahbariyati yalpi foyda summasini ko‘paytirish uchun mahsulot ishlab
chiqarish tannarxini kamaytirish, mavjud yer resurslaridan
unumli foydalangan
holda mahsulot yetishtirishning fizik miqdorini oshirish va yuqori daromad
246
keltiruvchi mahsulot turlarini yetishtirish bo‘yicha ichki imkoniyatlaridan kelib
chiqqan holda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishlari lozim deb o‘ylaymiz.
Dostları ilə paylaş: