294
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari quyidagi huquqlarga ega:
-
qonun hujjatlari doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatda qatnashish shakllarini
mustaqil belgilash, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun o‘z xohishiga
ko‘ra boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni shartnoma asosida belgilangan tartibda
jalb qilish;
-
tashqi iqtisodiy faoliyat natijalariga, shu
jumladan milliy va chet el
valyutasidagi daromadga mustaqil ravishda egalik qilish, undan foydalanish va uni
tasarruf etish.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlariing majburiyatlari:
-
tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi hisobotni belgilangan tartibda taqdim
etishi;
-
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarning
O‘zbekistonda belgilab qo‘yilgan texnikaviy,
farmakologiya, sanitariya,
veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari, talablari,
qoidalari va normalariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni belgilangan tartibda
taqdim etishi shart va h.k.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari oldi-sotdi yoki ayirboshlash obyekti
bo‘lgan tovarlar, ishlar (xizmatlar), har qanday mol-mulkka, shu jumladan,
qimmatli qog‘ozlar, valyuta qimmatliklariga, elektr, issiqlik
energiyasi va boshqa
turdagi energiyaga, transport vositalariga, intellektual mulk obyektlariga nisbatan
(tashqi iqtisodiy faoliyatda foydalanilishi qonun hujjatlari
bilan taqiqlanganlari
mustasno) tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.
Bugungi kunda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning asosiy
yo‘nalishlari quyida keltirilgan (13.1-rasm).