308
13.3-jadval
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatni import hajmi rejasining
bajarilishi va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlili
Ko‘rsatkichlar
Biznes rejada
Haqiqatda
Yalpi import hajmi
Rejaning
bajarili-
shi, %
Miqdori,
dona
Bahosi,
so‘m
Miqdori,
dona
Bahosi,
so‘m
Reja,
ming so‘m
Haqiqat,
ming
so‘m
X – mahsulot
3000
20000
3500
22000
60000,0
77000,0
128,3
Y – mahsulot
2000
15000
2500
20000
30000,0
50000,0
166,7
Jami:
x
x
x
x
90000,0
127000,0
141,1
13.3-jadval
ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “NAMUNA” mas’uliyati
cheklangan jamiyat yalpi import hajmini 90000,0 ming so‘m sifatida rejalashtirgan
bo‘lib, haqiqatda esa bu ko‘rsatkich 127000,0 ming so‘mga teng bo‘lgan. Demak,
aytishimiz mumkinki, jamiyatning haqiqatda yalpi import
hajmi rejaga nisbatan
41,1 foizga oshgan. Bunday o‘zgarishni mahsulot turlari bo‘yicha ham ko‘rishimiz
mumkin. Ya’ni, “X” mahsulot turi bo‘yicha reja 28,3 foizga, “Y” mahsulot turi
bo‘yicha esa 66,7 foizga oshirib bajarilgan.
Import qilingan har bir mahsulot turi bo‘yicha rejaning o‘zgarishiga omillar
ta’sirini 13.3-jadval ma’lumotlari asosida aniqlashimiz mumkin.
Bunda
“Ko‘rsatkichlar farqi” usuli yordamida quyidagi bog‘lanishlarni amalga
oshirishimiz lozim:
“X” mahsulotning import hajmi haqiqatda rejaga nisbatan 17000,0 ming
so‘mga oshishiga, uning miqdori va bahosining ta’siri quyidagicha bo‘lgan:
1). “X” mahsulot importi miqdorining haqiqatda rejaga nisbatan 500 donaga
ko‘payishi import hajmini 10000,0 ming so‘mga oshirgan:
(3500 – 3000) x 20000 = + 10000,0 ming so‘m.
2). Import qilingan “X” mahsulot bahosining haqiqatda rejaga nisbatan 2000
so‘mga qimmatlashishi import hajmini 7000,0 ming so‘mga oshishiga ta’sir
ko‘rsatgan:
(22000 – 20000) x 3500 = + 7000,0 ming so‘m.
Ikkala omilning ta’siri natijasida “X” mahsulotning
import hajmi rejaga
nisbatan 17000,0 (10000,0 + 7000,0) ming so‘mga oshgan.
“Y” mahsulotning import hajmi esa haqiqatda rejaga nisbatan 20000,0 ming
309
so‘mga oshishiga, uning miqdori va bahosining ta’siri quyidagicha bo‘lganligini
ko‘rishimiz mumkin:
1). “Y” mahsulot import miqdorining 500 donaga ko‘payishi, uning import
hajmini 7500,0 ming so‘mga oshishiga ta’sir ko‘rsatgan:
(2500 – 2000) x 15000 = + 7500,0 ming so‘m.
2). “Y” mahsulot bahosining rejaga nisbatan 5000 so‘mga oshishi esa, uning
import hajmini 7700,0 ming so‘mga ko‘payishiga olib kelgan.
(20000 – 15000) x 2500 = + 12500,0
Mazkur omillar ta’sirida “Y” mahsulotning import
hajmi haqiqatda rejaga
nisbatan 20000,0 (7500,0 + 12500,0) ming so‘mga oshgan.
Shuningdek, yalpi import hajmining o‘zgarishiga yuqoridagi kabi miqdor va
baho omillarining ta’sirini ham hisoblash mumkin.
13.3-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, jamiyatning yalpi import hajmi
haqiqatda rejaga nisbatan 37000,0 ming so‘mga ko‘paygan. Bunday o‘zgarishga
import qilingan mahsulotlar miqdori va bahosining ta’siri quyidagicha bo‘lgan:
Dostları ilə paylaş: