306
yalpi eksport hajmi haqiqatda rejaga nisbatan “A” mahsulot turi bo‘yicha 17600,0
ming so‘mga va “B” mahsulot turi bo‘yicha esa 15700,0 ming so‘mga oshishi
kuzatiladi.
Har bir mahsulot turi bo‘yicha eksport
hajmining rejaga nisbatan
o‘zgarishiga omillar ta’sirini 13.2-jadval ma’lumotlari asosida hisob-kitob qilish
orqali aniqlashimiz mumkin. Ya’ni, “Ko‘rsatkichlar farqi”
usuli yordamida
quyidagi bog‘lanishlar asosida aniqlaymiz:
“A” mahsulotning eksport hajmi rejaga nisbatan 17600,0 ming so‘mga
oshishiga mahsulotning miqdori va bahosi ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, ularning ta’sir
darajasi quyidagicha bo‘lgan:
1). “A” mahsulot miqdorining haqiqatda rejaga nisbatan 200 donaga
ko‘payishi eksport hajmini 12800,0 ming so‘mga oshirgan:
(1200 – 1000) x 64 000 = + 12800,0 ming so‘m.
2). “A” mahsulot bahosining haqiqatda rejaga nisbatan 4000 so‘mga
qimmatlashishi eksport hajmini 4800,0 ming so‘mga oshishiga ta’sir ko‘rsatgan:
(68000 – 64000) x 1200 = + 4800,0 ming so‘m.
Natija ikkala omilning ta’siri natijasida “A”
mahsulotning eksport hajmi
rejaga nisbatan 17600,0 (12800,0 + 4800,0) ming so‘mga oshgan.
“B” mahsulot eksport hajmining haqiqatda rejaga nisbatan 15700,0 ming
so‘mga oshishiga, uning miqdori va bahosining ta’siri quyidagicha bo‘lganligini
ko‘rishimiz mumkin:
1). “B” mahsulot bo‘yicha eksport miqdorining 200 donaga ko‘payishi,
uning eksport hajmini 8000,0 ming so‘mga oshishiga ta’sir ko‘rsatgan:
(1100 – 900) x 40000 = + 8000,0 ming so‘m.
2). “B” mahsulot bahosining rejaga nisbatan 7000 so‘mga oshishi esa, uning
eksport hajmini 7700,0 ming so‘mga ko‘payishiga olib kelgan.
(47000 – 40000) x 1100 = + 7700,0 ming so‘m.
Yuqoridagi ikki omilning ta’siri natijasida “B” mahsulotning eksport hajmi
haqiqatda rejaga nisbatan 15700,0 (8000,0 + 7700,0) ming so‘mga oshgan.
307
Mazkur omillar ta’sirini yalpi eksport hajmi bo‘yicha
ham hisoblash
mumkin. 13.2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, jamiyatning yalpi eksport hajmi
haqiqatda rejaga nisbatan 33300,0 ming so‘mga ko‘paygan. Bunday o‘zgarishga
eksport qilingan mahsulotlar miqdori va bahosining ta’siri quyidagicha bo‘lgan.
Ya’ni:
Dostları ilə paylaş: