299
moliya korporasiyasi (XMK), Osiyo taraqqiyot banki,
Islom taraqqiyot banki,
YuNESKO va shu kabi o‘nlab nufuzli xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lishga
erishdi. Shuningdek, mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuvida
Xalqaro valyuta fondi (XVF) bilan hamkorligi alohida o‘rin tutadi. Natijada
bugungi kunda O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘zining mustaqil ovoziga ega
bo‘lgan davlat darajasiga ko‘tarildi va dunyodagi sanoati rivojlangan yetakchi
mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy
va madaniy aloqalar
o‘rnatmoqda. Ya’ni, ikki va ko‘p tomonlama manfaatli aloqalar tobora rivojlanib
bormoqda. Bunday aloqalarning rivojlanishi va nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zo
bo‘lishi mamlakatning tashqi iqtisodiy imkoniyatlarining kengayishiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Ma’lumki, mamlakatning tashqi iqtisodiy imkoniyati tabiiy resurslarning
mavjudligi, ishlab chiqarish va ilmiy-texnik imkoniyatlarning barpo etilishi,
infratuzilma, ijtimoiy soha, mahsulot (ish, xizmat)larning chet elga eksport
qilinishi bilan aniqlanadi. Mamlakatning tashqi
iqtisodiy imkoniyatlarini
kengaytirishda tashqi savdo muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, tashqi savdo
mamlakatlararo iqtisodiy munosabatlarning eng oddiy va qadimiy shakli bo‘lib,
uning rivojlanishi mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama foyda olish imkonini
beradi.
Tashqi savdo bu bir mamlakatning boshqa mamlakat yoki mamlakatlar bilan
olib boradigan o‘zaro tovar (ish, xizmat) almashish jarayoni bo‘lib, u mamlakatdan
tovar (ish, xizmat)larning chiqib ketishi (eskport) va kirib kelishi (import)dan
tashkil topadi.
Eksport va import yig‘indisi mamlakatning tashqi savdo aylanmasini tashkil
qiladi. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Xo‘sh tashqi savdodagi eksport va import
tushunchalarining o‘zi nima?
O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi
Qonunining 11 – moddasiga muvofiq tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi
bojxona hududidan ularni qayta olib kirish to‘g‘risidagi
majburiyatni olmasdan
300
olib chiqib ketilishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan
bo‘lsa, tovarlar eksportidir.
O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan
xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar
ko‘rsatish), ularning bajarilish (ko‘rsatilish) joyidan qat’i nazar, ishlar (xizmatlar)
eksportidir.
Tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga ularni qayta olib
chiqib ketish to‘g‘risidagi majburiyatni olmasdan olib kirilishi tovarlar importidir.
Xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan O‘zbekiston
Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar
ko‘rsatish), ularning bajarilish (ko‘rsatilish) joyidan qat’i nazar, ishlar (xizmatlar)
importidir.
Bugungi kunda mamlakatimiz milliy iqtisodiyotida
eksport va importni
rivojlantirish borasida ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Buning
natijasida Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra 2018 yil yakuni
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi jahonning 160 dan ortiq mamlakatlari bilan
savdo-sotiq aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.
Jumladan, Respublikaning tashqi
savdo aylanmasi 2018 yil yakuni bo‘yicha 33430 million AQSh dollar bo‘lib, 2017
yil ko‘rsatkichiga nisbatan 25,8 % ga oshgan. Shundan, eksport 13991 million
AQSh dollarini (41,9 %) va import 19439
million AQSh dollarini
(58,1 %) tashkil qildi yoki 2017-yilga nisbatan mos ravishda 111,4 va 138,7 %
larni tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasi saldosi 5448,5 million AQSh dollariga
teng bo‘ldi. Shundan 2138,2 million AQSh dollarini MDH davlatlari va 3310,3
million AQSh dollarini boshqa davlatlar tashkil qiladi (13.1-jadval).
Respublikamizda oxirgi yillarda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat
ko‘rsatish tuzilmalarida tub o‘zgarishlarning amalga oshirilishi natijasida tashqi
savdoda faqat xomashyo vositalari bilan qatnashishi keskin qisqardi. Jumladan,
eksport tarkibida paxta tolasining ulushi 2010-yilda 12,1 % ni tashkil etgan bo‘lsa,
bu ko‘rsatkich 2018 yil yakuniga ko‘ra 1,6 % gacha keskin kamayib borganligini