320
chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, ulardan “B”, “S” va “D”
assortimentdagi
mahsulotlar natura holatida ortig‘i bilan ishlab chiqarilgan. “A” assortimentdagi
mahsulot bo‘yicha ishlab chiqarish rejasi esa to‘liq bajarilmagan. Buning natijasida
jamiyatda hisobot davrida jami assortiment hisobiga 494430 ming so‘mlik
mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘rtacha assortiment rejasining bajarilishi
98,9 % (494430 : 500000 x 100) ni tashkil qilgan. Demak, jamiyatda assortiment
rejasining bajarilmasligiga asosan “A” turdagi mahsulot ishlab chiqarish rejasining
bajarilmasligi sabab bo‘lgan.
Shu bois, “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan
jamiyat rahbariyati assortiment rejasi bajarilishini ta’minlash maqsadida o‘z
vaqtida tegishli choralarni ko‘rishi lozim.
Korxonada mahsulotlar assortimentini tahlil qilish bilan bir vaqtda ularning
tuzilmasi ham tahlil qilib o‘rganiladi va o‘zgarishiga baho beriladi. Ma’lumki,
mahsulotlarning ba’zi bir turi bo‘yicha ishlab chiqarish (sotish)
hajmining
ko‘payishi va boshqasi bo‘yicha qisqarishi ularning tuzulmasida o‘zgarishlarga,
ya’ni alohida mahsulotning umumiy mahsulotlarning jami ishlab chiqarish
hajmidagi nisbati o‘zgarishiga olib keladi. Mahsulotlar tuzulmasi bo‘yicha ishlab
chiqarish rejasining bajarilishi – bu mahsulotlarning haqiqiy ishlab chiqarish
hajmidan ularning alohida turlari bo‘yicha rejalashtirilgan
hajmiga nisbatini
saqlash demakdir.
Mahsulotlar assortiment va ishlab chiqarish tuzilmasining o‘zgarishi barcha
iqtisodiy ko‘rsatkichlarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan,
qiymat bahosidagi
ishlab chiqarish hajmi, material sig‘imi,
mahsulot tannarxi, foyda va rentabellik
darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Agar qimmatroq mahsulotning
ulushi oshayotgan
bo‘lsa, u holda uning qiymat ko‘rinishidagi ishlab chiqarilish hajmi o‘sadi va
aksincha. Yuqori rentabelli mahsulotning ulushi oshganda va tegishli ravishda past
rentabelli mahsulotning ulushi kamayganda ham foyda hajmida ham shunday
o‘zgarish sodir bo‘ladi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga tuzulmaviy o‘zgarishlarning ta’sirini
“Zanjirli bog‘lanish” usuli bilan hisob-kitob qilish mumkin (14.4-jadval).