319
-
mahsulotning hayotiy siklini o‘rganish va mahsulotlarning yangi,
tamomila mukammal turlarini joriy qilishga doir choralarni o‘z vaqtida ko‘rish va
ma’naviy eskirgan hamda iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lgan
mahsulotlarni
ishlab chiqarishdan chiqarib tashlash;
-
iqtisodiy samaradorlikni va mahsulot assortimentidagi o‘zgarish riski
darajasini baholash.
Bugungi kunda qayta ishlash korxonalari faoliyatini tahlil qilishda o‘rtacha
assortiment bo‘yicha rejaning bajarilishini ham aniqlash
muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi. O‘rtacha assortiment rejasining bajarilishi odatda eng kichik
raqamlarni jamlash usuli orqali amalga oshiriladi.
Bunda har bir mahsulot turi
bo‘yicha haqiqatda ishlab chiqarilgan miqdori bilan reja ko‘rsatkichlari
solishtirilib, har ikki ko‘rsatkichdan kichigi assortiment hisobiga ishlab chiqarilgan
mahsulot tarkibiga qabul qilinadi. Assortiment hisobiga ishlab chiqarilgan
mahsulot tarkibiga qabul qilingan ko‘rsatkichlarning jamini reja bo‘yicha ishlab
chiqarilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarga bo‘lish orqali o‘rtacha assortiment
rejasining bajarilishi aniqlanadi.
Mahsulot assortimentini “NAMUNA” mas’uliyati
cheklangan jamiyat
ma’lumotlari asosida tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega
bo‘lindi (14.3-jadval).
Dostları ilə paylaş: