330
1. Reja bo‘yicha:
K
o‘n0
= Σ(M
0
×Ul
0
×B
0
) / ΣM
0
×B
1
0
=149277 / 29855×5260 = 149277 / 157037 = 0,95
yoki 95,0 %
2. Haqiqatda:
K
o‘n1
= Σ(M
1
×Ul
1
×B
0
) / ΣM
1
×B
1
0
=146451 / 28791×5260 = 146451 / 151441 = 0,97
yoki 97,0 %
Yuqoridagi hisob-kitoblardan ko‘rinadiki, jamiyatda haqiqatda sotilgan “A”
turdagi mahsulotning o‘rtacha navlilik koeffitsiyenti 97 % ni tashkil qilgan bo‘lib,
bu rejadagi 95 % ga nisbatan 2 (97-95) % ga oshgan.
14.8-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “A” turdagi mahsulot navlarining
reja va haqiqatdagi hissasi bir biridan farq qiladi. Ya’ni, birinchi navning salmog‘i
haqiqatda 90 % ni tashkil qilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich rejaga nisbatan 5 % ga
ko‘paygan. Bunday natija ham “A” turdagi mahsulot
birinchi navining sifati
oshganligidan dalolat beradi.
Sotilgan mahsulot sifatining o‘zgarishi sotish bahosining hamda sotilgan
mahsulotdan olinadigan pul tushumi hajmining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Mahsulot sotishdan olingan pul tushumining o‘zgarishiga
mahsulot sifati
o‘zgarishining ta’sirini aniqlash uchun haqiqatda rejadagi baho bo‘yicha
hisoblangan pul tushumidan haqiqatda rejadagi navlilik va baho bo‘yicha
hisoblangan pul tushumini chegirish lozim:
±∆ST= Σ(M
1
×Ul
1
×B
0
) - Σ(M
1
×Ul
0
×B
0
) = 146451 – 143956 = +2495 ming so‘m
Demak, “A” turdagi mahsulot sifatining o‘rtacha 2 % ga oshishi natijasida
shu mahsulotni sotishdan olingan pul tushumi haqiqatda 2495 ming so‘mga
ko‘paygan.
Mahsulot sifati o‘zgarishining o‘rtacha sotish bahosining o‘zgarishiga
ta’sirini aniqlsh uchun sifat o‘zgarishi hisobiga mahsulot
sotishdan olingan pul
tushumi hajmini haqiqatda sotilgan mahsulotning jami miqdoriga bo‘lish kerak:
±∆B=(±∆ST) / M
1
= +2495000 / 28791 = +87 so‘m
Hisob-kitoblardan ko‘rinadiki, mahsulot birligining o‘rtacha sotish bahosi
331
haqiqatda rejaga nisbatan mahsulot sifatining oshishi natijasida 87 so‘mga oshgan.
Bu “A” turdagi mahsulotni sotishdan olingan
pul tushumi rejaga nisbatan
haqiqatda 2504817 (87 × 28791) so‘mga ortganligidan dalolat beradi.
Boshqa sotilgan mahsulot turlar bo‘yicha ham shunday tartibda hisob-kitob
qilish orqali o‘rganiladi va tahlil natijalari umumlashtirilgan holda mahsulotlar
sifatiga baho beriladi hamda uni yaxshilash bo‘yicha
oqilona boshqaruv qarorlari
qabul qilinadi. Chunki, mahsulot sifatining yaxshilanishi korxona mahsulotiga
bo‘lgan talabning ko‘payishiga,
raqobatbardoshligini oshishiga, sotish hajmining
ko‘payishi va foyda miqdorining oshishiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan
biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: