14.9-jadval
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda ishlab chiqarilgan va sotilgan
“A” mahsulot to‘g‘risida ma’lumot
№
Ko‘rsatkichlar
Hisobot yili
O‘zgarishi
(+;-)
Reja
Haqiqatda
1
Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, dona
30000
28886
-1114
2
Sotilgan mahsulot miqdori, dona
29855
28791
-1064
3
Tovarlilik darajasi, %
99,52
99,67
+0,15
4
Bir birlik mahsulotning o‘rtacha sotish bahosi,
so‘m
5000
5087
+87
14.9-jadval
ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “NAMUNA” mas’uliyati
cheklangan jamiyatda rejaga nisbatan haqiqatda “A” turdagi sotilgan mahsulot
miqdori 1064 donaga kamaygan. Albatta, bunday o‘zgarish jamiyat uchun ijobiy
holat hisoblanmaydi. Ushbu o‘zgarishga omillar ta’sirini hisob-kitob qilib
o‘rganganimizda quyidagi natijalarga ega bo‘lindi:
- birinchi omil, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorining rejaga nisbatan
haqiqatda 1114 donaga kamayishi, sotilgan mahsulot miqdorini 1108 donaga
kamayishiga ta’sir ko‘rsatgan:
±∆SM
m
= (M
1
– M
0
) × T
0
= (28886 – 30000) × 0,9952 = - 1108 dona
Agar mahsulot ishlab chiqarish rejasi haqiqatda to‘liq bajarilganda edi, sotilgan
333
mahsulot miqdori 28791 dona emas, balki 29899 donani tashkil etgan bo‘lar edi.
Mazkur imkoniyatdan “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyati hisobot
davrida foydalana olmagan.
- ikkinchi omil, tovarlilik darajasining rejaga nisbatan haqiqatda 0,15 foizga
oshishi, sotilgan mahsulot miqdorini 44 donaga ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatgan:
±∆SM
t
= (T
1
– T
0
) × M
1
= (0,9967 – 0,9952) × 28886 = +44 dona
Xuddi shunday tartibda sotilgan mahsulot fizik miqdori rejasi bajarilishining
tahlili har bir mahsulot turi va umumiy korxona bo‘yicha ham amalga oshirilishi
mumkin.
Agarda hisobot yilida ishlab chiqarilgan mahsulot haqiqatda to‘liq
sotilmagan taqdirda (bir qismi keyingi davrga o‘tganda), hisobot yilida sotilgan
mahsulot miqdorining o‘zgarishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
-
tayyor mahsulotning yil boshiga bo‘lgan qoldig‘ining o‘zgarishi
(T
yb1
- T
yb0
);
-
hisobot yilida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot hajmining o‘zgarishi
(TK
1
- TK
0
);
-
tayyor mahsulotlarning boshqa sabablar bilan chiqib ketishi (TCh
1
- TCh
0
)
-
tayyor
mahsulotning
yil
oxiriga
bo‘lgan qoldig‘ining o‘zgarishi
(T
yo1
-T
yo0
)
Ushbu omillarning sotilgan mahsulot miqdorining (SM) o‘zgarishiga
ta’sirini “Balansli bog‘lanish” usuli orqali aniqlash mumkin. Buning uchun
avvalo tovar balansi tuziladi. Uni quyidagicha matematik formula (tovar balansi)
ko‘rinishida ifodalash mumkin:
TZ
yb
+ TK = SM + TCh + TZ
yo
, (14.4)
Mazkur formulaga asosan har bir miqdorni qolganlarining algebrik yig‘indisi
ko‘rinishida tasvirlash mumkin. Bunda sotilgan mahsulot miqdorini quyidagi
funksional bog‘liqlikda ifodalash mumkin:
SM = TZ
yb
+ TK – TCh -TZ
yo
, (14.5)
Yuqoridagi omillarning sotilgan mahsulot miqdoriga ta’siri “NAMUNA”
mas’uliyati cheklangan jamiyat ma’lumotlari asosida tahlil qilib o‘rganganilganda
334
quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (14.10-jadval).
Dostları ilə paylaş: |