328
-
oliy sifatli mahsulotning jami mahsulot hajmidagi ulushi;
-
mahsulotlarning o‘rtacha o‘lchangan bali;
-
navlarga xoslikning o‘rtacha koeffitsiyenti;
-
attestasiya qilingan va attestasiya qilinmagan mahsulotlar ulushi;
-
sertifikatlangan mahsulotlar ulushi;
-
jahon standartlariga mos keluvchi mahsulotning solishtirma kattaligi;
-
eksportga
chiqariladigan,
shu
jumladan,
sanoati
rivojlangan
mamlakatlarga eksport qilinadigan mahsulotlar ulushi.
Mahsulot sifatining individual (ayrim) ko‘rsatkichlari uning xususiyatlaridan
birini ifodalaydi:
-
foydalilik (sutning yog‘liligi, oziq-ovqat mahsulotlarida oqsilning
mavjudligi);
-
ishonchlilik (chidamlilik, to‘xtovsiz ishlashi);
-
texnologiklik, ya’ni konstruktorlik
va texnologik yechimlarning
samaradorligi (mehnattalablik, energiyatalablik);
-
mahsulotning estetik ko‘rinishi.
Bilvosita ko‘rsatkichlar — bu sifasiz mahsulot uchun jarimalar, brakka
chiqarilgan mahsulotlarning ulushi, o‘tmay
qolgan mahsulot ulushi, brak sababli
yo‘qotishlar va h.k.
Qayta ishlash korxonalarida mahsulot sifati tahlil qilib o‘rganilar ekan,
birinchi navbatda yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlarning dinamikasini, rejani
ularning darajasi bo‘yicha bajarilishini, ularning o‘zgarish sabablarini o‘rganish va
korxona mahsulotining sifat darajasiga ko‘ra uning ishiga baho berish lozim.
Mahsulot sifati tahlilining keyingi vazifasi
mahsulot sifatining korxona
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari qiymatiga, ya’ni mahsulot
ishlab
chiqarish
hajmi,
mahsulot
sotishdan
tushum
va
foyda
kabi
ko‘rsatkichlarning qiymatiga ta’sirini hisoblashdan iborat.
Shu o‘rinda mahsulot sotishdan tushum summasiga mahsulot sifatining
ta’siri tahlilini ko‘rib chiqamiz. Ma’lumki, sotilgan mahsulot sifati o‘rtacha
329
navlilik koeffitsiyenti va o‘rtacha mahsulot birligini sotish bahosi ko‘rsatkichlari
bilan ifodalanadi.
O‘rtacha navlilik koeffitsiyenti sotilgan mahsulotning har bir navi bo‘yicha
hisoblangan qiymatlarining jami summasini jami
mahsulotning birinchi nav
bo‘yicha hisoblangan qiymatining jami summasiga bo‘lish orqali aniqlanadi:
K
o‘n
= Σ(M
n
×Ul
n
×B
n
) / ΣM×B
1
n
, (14.2)
Bunda: M – sotilgan mahsulot miqdori, Ul – sotilgan har bir navning ulushi (salmog‘i),
B – har bir sotilgan mahsulot bahosi; B
1
– mahsulot birinchi navining bahosi.
Bu koeffitsiyent hisobot yili bo‘yicha
tahlil qilinsa, sotilgan mahsulotning
barcha navlari bo‘yicha qiymati joriy baholarda, agarda dinamik o‘zgarishi
bo‘yicha tahlil qilinsa, barcha navlar bo‘yicha qiymati bazis yilining baholarida
hisoblab olinishi kerak.
Mazkur koeffitsiyent aniqlangandan so‘ng, hisobot yilidagi o‘rtacha navlilik
koeffitsiyentini rejadagi yoki bazis davridagi o‘rtacha navlilik koeffitsiyentiga
solishtirilib, mahsulot sifatining oshgani yoki pasaygani aniqlanadi. Hisobot
yilidagi koeffitsiyent oshgan bo‘lsa, bu bazis davriga yoki rejalashtirilgan sifatiga
nisbatan mahsulotning sifati oshganligini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: