325
muvozanati buziladi hamda boshqa salbiy ko‘rsatkichlar yuzaga keladi. Bularning
bari mahsulot tannarxining ko‘tarilishi, foyda summasining kamayishi va natijada
korxona moliyaviy ahvolining yomonlashishiga olib keladi.
Mahsulot ishlab chiqarishni bir maromda tashkil etish rejasining bajarilishini
baholash uchun bevosita va bilvosita ko‘rsatkichlardan foydaniladi.
Bevosita
ko‘rsatkichlarga
–
maromiylik koeffitsiyenti, variasiya koeffitsiyenti, maromsizlik
koeffitsiyenti, jami mahsulot chiqarishda
n
-davr uchun mahsulot ishlab chiqarish
ulushi kabi ko‘rsatkichlar kiradi.
Bilvosita ko‘rsatkichlar –
ishdan tashqari mehnat uchun qo‘shimcha haq
to‘lash, korxona aybi
bilan bekor turib qolishlar, brak sababli yo‘qotishlar,
mahsulotlarning to‘liq yetkazib berilmaganligi va o‘z vaqtida yetkazib
berilmaganligi uchun jarimalar to‘lash va h.k.
Qayta ishlash korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish maromiyligini tahlil
etishda har o‘n kunlikda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning
oylik mahsulotda
tutgan ulushi hisoblanadi va aniqlangan ma’lumotlar reja ko‘rsatkichlari bilan
taqqoslanib, faoliyatning maromida bo‘layotganligiga baho beriladi.
Mahsulot ishlab chiqarish faoliyatining maromiyligiga baho berish
maqsadida
maromiylik koeffitsiyenti, maromsizlik koeffitsiyenti va variasiya
koeffitsiyenti kabi ko‘rsatkichlarga to‘xtalib o‘tamiz.
Eng ko‘p tarqalgan ko‘rsatkichlardan biri maromiylik koeffitsiyenti har bir
davr uchun (lekin rejalashtirilgan darajadan oshmagan)
mahsulot ishlab
chiqarishning haqiqiy ulushini jamlash bilan aniqlanadi:
K
m
= 30,0 + 33,0 + 36,0 = 99,0 %
yoki
Maromiylik hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatini rejadagi
mahsulot ishlab chiqarish qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi:
K
m
= 44468 : 45000 = 0,99 yoki 99 %