335
-
korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlanganligi va
ulardan foydalanish samaradorligi;
-
ishlab chiqarishning moddiy resurslar bilan ta’minlangani va ulardan
foydalanish samaradorligi.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmining o‘zgarishiga ushbu omillar
guruhining har birini ta’siri tahlil qilib o‘rganilishi lozim.
Biz mahsulot sotish
hajmining o‘zgarishiga birinchi guruh, ya’ni korxonaning
mehnat resurslari bilan
ta’minlanganligi va ulardan foydalanish samaradorligi ta’sirini aniqlash tartibini
ko‘rib chiqamiz.
Sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishiga mehnat resurslari bilan bog‘liq
quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
-
xodimlar o‘rtacha sonining o‘zgarishi (X
1
-X
0
);
-
bir xodimning ishlagan kishi kunlarini o‘zgarishi (K
1
-K
0
);
-
ish kuni davomiyligining o‘zgarishi (D
1
-D
0
);
-
xodimning bir soatlik ish unumining o‘zgarishi (Ks
1
-Ks
0
).
Mazkur omillarning ko‘paytmasi sotilgan mahsulot hajmini ifodalaydi. Buni
quyidagicha matematik formula ko‘rinishida ko‘rsatish mumkin:
SM = X × K × D × Ks, (14.6)
“Mutloq farqlar” usuli yordamida yuqoridagi
omillarning mahsulot sotish
hajmiga ta’sirini “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyat ko‘rsatkichlari
asosida tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi
(14.11-jadval).
Dostları ilə paylaş: