347
ko‘payishi ish vaqti fondini 8800 soatga oshishiga ta’sir ko‘rsatgan:
(165 × 220 × 8) - (160 × 220 × 8) = 290400 – 281600 = +8800 soat;
-
ikkinchi omil, bir ishchini ishlagan kishi kunlarining biznes rejaga nisbatan
haqiqatda 10 kunga kamayishi, ish vaqti fondini 13200 soatga kamayishiga ta’sir
ko‘rsatgan:
(165 × 210 × 8) - (165 × 220 × 8) = 277200 – 290400 = - 13200 soat;
-
uchinchi omil, ish kuni davomiyligining biznes rejaga nisbatan haqiqatda
0,2 soatga kamayishi, ish vaqti fondining 6930 soatga kamayishiga ta’sir
ko‘rsatgan:
(165 × 210 × 7,8) - (165 × 210 × 8) = 270270 – 277200 = - 6930 soat.
Mazkur omillar ta’siri natijalarining yig‘indisi har doim ish vaqti fondining
umumiy yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak.
Yuqoridagi hisob-kitoblardan ko‘rinadiki, ish vaqti fondining o‘zgarishiga
ishchilar sonining o‘zgarishi ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, bir ishchini ishlagan
kishi kunlari va ish kuni davomiyligini o‘zgarishi salbiy ta’sir ko‘rsatganligini
ko‘rishimiz mumkin. Bu esa “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda
mehnat resurslaridan foydalanish darajasining yomonlashganligidan dalolat beradi.
Shu sababli, jamiyat rahbariyati ish vaqti fondidan foydalanish samaradorligini
oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishi lozim. Bu albatta jamiyatda
ish vaqti fondidan foydalanish bo‘yicha yo‘l quyilgan kamchiliklarni bartaraf etish
va kelgusida foydalanish samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: