342
XV BOB. QAYTA ISHLASH KORXONALARINING MEHNAT
RESURSLARI BILAN TA’MINLANGANLIGI VA ULARDAN
FOYDALANISH TAHLILI
15.1. Qayta ishlash korxonalarida mehnat resurslarini tahlil qilishning
ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari
Qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish
hajmining ortishi va uning
samaradorligining oshishi ko‘p omillarga, jumladan
mehnat resurslari bilan
ta’minlanganlik va ulardan foydalanish darajasiga ham bog‘liqdir. Chunki, mehnat
resurslari ishlab chiqarish jarayonini harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo‘lib
hisoblanadi. Ya’ni, fan-texnika taraqqiyoti rivojlanishi qay darajada bo‘lishidan
qat’iy nazar, inson omilining ishtirokisiz ishlab chiqarish yuzaga kelmaydi. Shu
boisdan qayta ishlash korxonalarining mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi va
ulardan foydalanish darajasini o‘rganish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Qayta ishlash korxonalarida mehnat resurslarini tahlil qilib o‘rganish orqali
uning ishchi kuchi bilan ta’minlanganlik, ish vaqtidan foydalanish va mehnat
unumdorligi darajasi kabi ko‘rsatkichlarining holatiga baho beriladi.
Tahlil
natijalariga asoslangan holda mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini
yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bu esa,
kelgusida
ishlab chiqarish hajmini oshishiga va sarf-xarajatlarni kamaytirish hisobiga
mahsulot tannarxi darajasini pasaytirish imkonini beradi.
Qayta ishlash korxonalarida mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik va
ulardan foydalanish tahlilining asosiy maqsadi ish vaqtidan
samarali foydalanish
va mehnat unumdorligini oshirish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmini
ko‘paytirish va tannarxining darajasini pasaytirish imkoniyatlarini ko‘rsatishdan
iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda tahlilning asosiy vazifalari bo‘lib
quyidagilar hisoblanadi:
-
qayta ishlash korxonalarining mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik
darajasini o‘rganish va baho berish;
-
ish vaqtidan foydalanish darajasini o‘rganish va baho berish;
343
-
mehnat unumdorligi darajasini aniqlash va uning o‘zgarishiga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillarga baho berish;
-
mehnat resurslarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini aniqlash
va baho berish;
-
mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini
aniqlash.
Qayta ishlash korxonalarining mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi va
ulardan foydalanish tahlilining asosiy axborot manbalari bo‘lib
quyidagilar
hisoblanadi:
-
biznes reja ma’lumotlari;
-
statistik hisobotning “Mehnat hisoboti” (1-T shakl) jadvali ma’lumotlari;
-
boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar (shtat jadvali, tabel, mahsulot ishlab
chiqarish to‘g‘risida ma’lumotnoma va boshqalar)
Dostları ilə paylaş: