350
Shundan so‘ng, ishchining bir soatlik ish unumining o‘zgarishiga omillar
ta’sirini hisob-kitob qilib aniqlanadi. Ya’ni, “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan
jamiyatda ishchining bir soatlik ish unumining o‘zgarishiga, birinchi omil
mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishining ta’sirini aniqlash uchun qayta
hisoblangan shartli ko‘rsatkichdan biznes rejadagi ko‘rsatkichini chegirib tashlash
lozim:
328,2 – 284,1 = +44,1 ming so‘m
Hisob-kitoblardan ko‘rinadiki, mahsulot ishlab chiqarish hajmining biznes
rejaga nisbatan haqiqatda 77720 ming so‘mga ko‘payishi, ishchining bir soatlik ish
unumini 44,1 ming so‘mga ortishiga olib kelgan.
Ikkinchi omil, bir ishchining yil davomida
ishlagan kishi-soatlarining
o‘zgarishi ta’sirini aniqlash uchun haqiqatdagi ishchining bir soatlik ish unumi
ko‘rsatkichidan qayta hisoblangan shartli ko‘rsatkichni chegirib tashlash kerak:
352,7 – 328,2 = +24,5 ming so‘m
Bundan ko‘rinadiki, bir ishchining yil davomida ishlagan kishi-soatlarining
biznes rejaga nisbatan haqiqatda 122 soatga kamayishi ham ishchining bir soatlik
ish unumini 24,5 ming so‘mga ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatgan. Sababi, biznes rejaga
nisbatan haqiqatda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yuqori bo‘lganligi, mazkur
kamayish qiymatini to‘liq qoplagan holda ko‘payishiga olib kelgan. Bunday
natijani jamiyat faoliyati uchun ijobiy holat sifatida baholashimiz mumkin.
Mehnat unumdorligini ifodalovchi boshqa ko‘rsatkichlar va ularga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillarni ham shu tariqa tahlil qilib o‘rganish mumkin. Shuni
ta’kidlab o‘tish
kerak-ki, mehnat unumdorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarning
o‘zgarishiga faqatgina mahsulot ishlab chiqarish hajmi va bir ishchining yil
davomida ishlagan kishi-soatlari (ishchilar soni yoki bir ishchining yil davomida
ishlagan kishi-kunlari)dan tashqari bevosita ishchilarning umumiy xodimlar soni
tarkibidagi ulushi, ishlagan kunlari hamda ish kunining davomiyligi kabi omillarga
ham bog‘liq hisoblanadi. Masalan, mehnat unumdorligini ifodalovchi umumiy
ko‘rsatkich bo‘lib, bir nafar xodim hisobiga ishlab chiqarilgan
mahsulot hajmini
351
ifodalovchi miqdor hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun ishlab chiqarilgan
mahsulot hajmini xodimlarning o‘rtacha yillik soniga bo‘lish kerak. Biroq, ushbu
ko‘rsatkichni aniqlashni quyidagi omillarning ko‘paytmasi ko‘rinishida ham
ifodalagan holda ko‘rsatish mumkin:
Km = U
l
× K
k
× K
d
× K
s
, (15.2)
Bundan ko‘rinadiki, mehnat unumdorligini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkich
(bir nafar xodim hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot)ning o‘zgarishi quyidagi
omillar hisobiga yuzaga keladi:
-
ishchilarning umumiy xodimlar soni tarkibidagi ulushining o‘zgarishi (U
l1
-
U
l0
);
-
bir ishchining yil davomida ishlagan kishi-kunlarining o‘zgarishi
(K
k1
– K
k0
);
-
ish kuni davomiyligining o‘zgarishi (K
d1
– K
d0
);
-
bir kishi-soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi
(K
s1
– K
s0
).
Mazkur
omillarning
mehnat
unumdorligini
ifodalovchi
umumiy
ko‘rsatkichga ta’sirini aniqlashda “Zanjirli bog‘lanish” usulidan foydalanish
mumkin. Buning uchun, birinchi navbatda mehnat
unumdorligining quyidagi
bog‘lanish ko‘rsatkichlarini aniqlab olish lozim:
1. Km
0
= U
l0
×K
k0
×K
d0
×K
s0
– bazis davridagi mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi;
2. Km
sh1
= U
l1
×K
k0
×K
d0
×K
s0
;
3. Km
sh2
= U
l1
×K
k1
×K
d0
×K
s0
– shartli mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi;
4. Km
sh3
= U
l1
×K
k1
×K
d1
×K
s0
;
5. Km
1
=U
l1
×K
k1
×K
d1
×K
s1
–hisobot davridagi mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi.
Mehnat unumdorligini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkichning o‘zgarishi
hisobot davridagi mehnat unumdorligi ko‘rsatkichidan bazis davridagi mehnat
unumdorligi ko‘rsatkichini chegirish orqali aniqlanadi:
±∆ Km = (U
l1
×K
k1
×K
d1
×Ks
1
) – (U
l0
×K
k0
×K
d0
×K
s0
)
Shundan so‘ng, ish vaqti fondining o‘zgarishiga omillar ta’siri hisob-kitob
352
qilinib aniqlanadi. Bu quyidagicha amalga oshiriladi:
-
umumiy xodimlar soni tarkibidagi ishchilarning ulushining o‘zgarishi
mehnat unumdorligining o‘zgarishiga qanday ta’sir ko‘rsatganligi aniqlash uchun
1-shartli mehnat unumdorligi ko‘rsatkichidan bazis davridagi ko‘rsatkichni
chegirish lozim:
±∆U
l
= (U
l1
×K
k0
×K
d0
×K
s0
) – (U
l0
×K
k0
×K
d0
×K
s0
)
-
bir ishchining yil davomida kishi-kunlarining o‘zgarishini mehnat
unumdorligiga
ta’sirini aniqlash uchun 2-shartli
mehnat unumdorligi
ko‘rsatkichidan 1-shartli mehnat unumdorligi ko‘rsatkichini chegirish kerak:
±∆K
k
= (U
l1
×K
k1
×K
d0
×K
s0
) – (U
l1
×K
k0
×K
d0
×K
s0
)
-
ish kuni davomiyligining o‘zgarishini mehnat unumdorligiga ta’sirini
aniqlash uchun esa 3-shartli mehnat unumdorligi ko‘rsatkichidan 2-shartli
ko‘rsatkichini chegirish lozim:
±∆K
d
= (U
l1
×K
k1
×K
d1
×K
s0
) – (U
l1
×K
k1
×K
d0
×K
s0
)
-
bir kishi-soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarishini
mehnat unumdorligiga ta’sirini aniqlash uchun hisobot davridagi mehnat
unumdorligi ko‘rsatkichidan 3-shartli ko‘rsatkichini chegirish lozim:
±∆K
s
= (U
l1
×K
k1
×K
d1
×K
s1
) – (U
l1
×K
k1
×K
d1
×K
s0
)
Ushbu omillarning ta’sir ko‘rsatish natijalarining yig‘indisi mehnat
unumdorligining umumiy farqiga teng bo‘lishi kerak:
±∆Km = (±∆U
l
) + (±∆K
k
) + (±∆ K
d
) + (±∆K
s
)
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyat ma’lumotlari asosida mehnat
unumdorligini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkichni “Zanjirli bog‘lanish” usulining
qoidalariga amal qilgan holda tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga
ega bo‘lindi (15.5-jadval).