355
bog‘liqlik mavjud bo‘lib, uni quyidagicha ifodalash mumkin:
YaM = X
s
× K
s
, (15.3)
Bu yerda: YaM – ishlab chiqarilgan
yalpi mahsulot hajmi; X
s
– xodimlarning o‘rtacha
soni; K
s
– bir nafar xodim hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi.
Mazkur formuladan ko‘rinib turibdiki, ishlab
chiqarilgan yalpi mahsulot
hajmining o‘zgarishiga quyidagi mehnat omillari ta’sir ko‘rsatar ekan:
-
xodimlar o‘rtacha sonining o‘zgarishi;
-
bir nafar xodim hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi.
Ushbu omillarning ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmining o‘zgarishiga
ta’sirini “Ko‘rsatkichlar farqi” usuli yordamida tahlil qilib o‘rganish mumkin.
Tahlilda mazkur usuldan foydalanganda birinchi navbatda ishlab chiqarilgan yalpi
mahsulot hajmining umumiy o‘zgarishi aniqlanadi. Buning uchun hisobot
davridagi yalpi mahsulot hajmidan bazis davridagi
yalpi mahsulot hajmini
chegirish lozim:
±∆YaM = (X
s1
× K
s1
) - (X
s0
× K
s0
)
Shundan so‘ng, yalpi mahsulot hajmining o‘zgarishiga mehnat omillarining
ta’siri hisob-kitob qilinib aniqlanadi. Ya’ni, birinchi omil xodimlarning o‘rtacha
yillik sonining o‘zgarishi yalpi mahsulot hajmining o‘zgarishiga ta’sirini aniqlash
uchun hisobot davridagi xodimlar soni bilan bazis
davridagi xodimlar soni
o‘rtasidagi farqni bazis davridagi bir nafar xodim hisobiga ishlab chiqarilgan
mahsulot hajmiga ko‘paytirish lozim:
±∆YaM
xs
= (X
s1
- X
s0
) × K
s0
Ikkinchi omil, bir nafar xodim hisobiga
ishlab chiqarilgan mahsulot
hajmining o‘zgarishi yalpi mahsulot hajmining o‘zgarishiga ta’sirini aniqlash
uchun hisobot davridagi bir nafar xodim hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot
hajmidan, shu ko‘rsatkichning bazis davrida hajmi
orasidagi farqni hisobot
davridagi xodimlarning o‘rtacha soniga ko‘paytirish kerak:
±∆YaM
ks
= (K
s1
- K
s0
) × X
s1
Yuqoridagi ikki omil ta’sirining o‘zaro yig‘indisi yalpi mahsulot hajmining
umumiy o‘zgarishiga teng bo‘lishi lozim.
356
Ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmi va uning o‘zgarishiga ta’sir
ko‘rsatuvchi mehnat omillarini “NAMUNA” mas’uliyati
cheklangan jamiyat
ma’lumotlari asosida tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega
bo‘lindi (15.6-jadval).
Dostları ilə paylaş: