368
ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, 1 so‘mlik ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmiga
to‘g‘ri keladigan asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar hajmini bildiradi.
3. Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar rentabelligi (R
AVI
) – bu
ko‘rsatkich mahsulot sotishdan olingan foyda summasini asosiy ishlab
chiqarishdagi asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Ushbu ko‘rsatkich 1 so‘mlik asosiy ishlab chiqarishdagi
asosiy vositalar hisobiga
olingan mahsulot sotishdan olingan foyda summasini ko‘rsatadi.
Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligi tahlilida birinchi navbatda,
mazkur ko‘rsatkichlarning har bir turi bo‘yicha hisobot yilidagi (haqiqatda)
ko‘rsatkichni bazis yilidagi (reja) ko‘rsatkich
bilan solishtirilib, o‘zgarishlari
aniqlanadi. Shundan so‘ng, ularning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
aniqlanib, hisob-kitob qilinadi. Omillar ta’sirini hisob-kitob
qilib aniqlashda
“Ko‘rsatkichlar farqi”, “Zanjirli bog‘lanish”, “Qayta hisoblash”, “Mutlaq farqlar”
va “Indeks” usullaridan foydalanish mumkin.
Endi yuqoridagi fond qaytimi ko‘rsatkichi va uning o‘zgarishiga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillar tahliliga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, bunda asosiy vositalardan
foydalanish samaradorligini chuqurroq tahlil qilish maqsadida fond qaytimi
ko‘rsatkichini asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar va ularning aktiv qismi
bo‘yicha alohida tahlil qilib o‘rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Shu bois,
birinchi navbatda asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarning fond qaytimi va
uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlilini keltirib o‘tamiz. Buning
uchun dastlab “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyat ma’lumotlari
o‘rganilgan holda tegishli ko‘rsatkichlar shakllantirildi
va ularni rejaga nisbatan
solishtirish orqali o‘zgarishi aniqlandi (16.2-jadval).
16.2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy
vositalar fond qaytimining haqiqiy darajasi rejadagidan 0,2 so‘mga oshgan. Ya’ni,
1 so‘mlik asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar
hisobiga ishlab chiqarilgan
yalpi mahsulot hajmi rejaga nisbatan haqiqatda 20 tiyinga yoki 6,6 foizga oshgan.