370
fond qaytimining umumiy hajmiga teng bo‘ladi. Uni quyidagi matematik formula
ko‘rinishida ifodalash mumkin:
FQ
I
= AU ×
FQ
A
, (16.1)
Fond qaytimining o‘zgarishiga omillar ta’sirini “Qayta hisoblash”
usuli
yordamida aniqlash mumkin. Buning uchun avvalo “Qayta hisoblangan fond
qaytimi” ko‘rsatkichini aniqlab olish lozim. Uni aniqlash uchun hisobot yilidagi
(haqiqatdagi) asosiy vositalar aktiv qismi ulushini bazis yilidagi (rejadagi) asosiy
vositalar aktiv qismi fond qaytimiga ko‘paytirish kerak:
FQ
Iq
= AU
1
×
FQ
A0
= 0,60 × 5,02 = 3,01 so‘m
Shundan so‘ng, fond qaytimining o‘zgarishiga omillar ta’siri hisob-kitob
qilinadi.
Birinchi omil, asosiy vositalar aktiv qismi ulushi rejaga nisbatan haqiqatda
o‘zgarmaganligi sababli, mazkur ko‘rsatkich fond qaytimining o‘zgarishi ta’sir
ko‘rsatmagan. Fond qaytimining o‘zgarishiga asosiy vositalar aktiv qismi bo‘yicha
fond qaytimining o‘zgarishining ta’sirini aniqlash
uchun uning haqiqatdagi
ko‘rsatkichdan “Qayta hisoblangan” ko‘rsatkichini chegirib tashlash lozim:
±∆FQ
IA
= (AU
1
×
FQ
A1
) - (AU
1
×
FQ
A0
)
= (0,60 × 5,36) - (0,60 × 5,02) =
= 3,21 – 3,01 = + 0,2 so‘m
Demak, asosiy vositalar aktiv qismi fond qaytimining 0,34 ming so‘mga
oshishi fond qaytimi darajasining 0,2 so‘mga yoki 6,6 foizga oshishiga sabab
bo‘lgan.
Tahlil natijalarini analitik jadvalga joylashtirilsa,
xulosa chiqarish qulayroq
bo‘ladi. Chunki, jadvalda barcha ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi va omillarning ta’sir
qilish darajalari aniq ko‘rinib turadi (16.3-jadval).
Yuqorida asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar fond qaytimining
tahliliga to‘xtalib o‘tdik. Endi esa, fond qaytimining
tahlilini asosiy ishlab
chiqarishdagi asosiy vositalarning aktiv qismi va undan foydalanish samaradorligi
bilan bog‘lagan holda ko‘rib chiqamiz. Chunki, asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy
vositalarning aktiv qismi mahsulot ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etuvchi
371
mehnat vositalari hisoblanadi. Ulardan samarali foydalanish mahsulot ishlab
chiqarish hajmining ortishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: