376
ming so‘mga oshirish mumkin.
Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi keyingi
ko‘rsatkich bu rentabellik ko‘rsatkichi hisoblanadi. 16.2-jadval ma’lumotlariga
ko‘ra asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar rentabelligining haqiqiy darajasi
rejadagidan 18,7 foizga past. Bunday o‘zgarishning yuzaga kelishiga asosiy ishlab
chiqarishdagi asosiy vositalar fond qaytimining va mahsulot rentabelligining
o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, ularning ta’sir darajalarini “Mutlaq farqlar”
usuli yordamida aniqlash mumkin. Mazkur usuldan
foydalanilganda quyidagi
hisob-kitoblar amalga oshiriladi:
1.
Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar rentabelligining o‘zgarishiga
undagi asosiy vositalar qaytimining o‘zgarishini aniqlash uchun fond qaytimining
haqiqiy darajasidan uning rejadagi darajasini chegirib, natijani mahsulot
rentabelligining rejadagi ko‘rsatkichiga ko‘paytirish lozim. Ya’ni:
±∆R
fq
= ∆FQ
I
× R
M0
= (3,21 – 3,01) × 18,6 = +3,79 %
Demak, asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar
fond qaytimi haqiqatda
rejaga nisbatan 0,2 so‘mga ko‘payishi, rentabellik darajasini 3,79 foizga oshishiga
ta’sir ko‘rsatgan.
2.
Mahsulot rentabelligi darajasining o‘zgarishini asosiy ishlab chiqarishdagi
asosiy vositalar rentabelligining o‘zgarishiga ta’sirini aniqlash uchun haqiqatdagi
fond qaytimi ko‘rsatkichini mahsulot rentabelligining haqiqiy darajasidan rejadagi
darajasini chegirishdan olingan natijaga ko‘paytirish kerak.
±∆R
Rm
= FQ
I1
× (R
M1
- R
M0
) = 3,21 × (19,1 – 18,6) = +1,60 %
Hisob-kitoblarga ko‘ra, mahsulot rentabelligi darajasining rejaga nisbatan
haqiqatda 0,5
foizga ortishi, asosiy vositalar rentabelligi darajasini 1,60 foizga
oshishiga ta’sir ko‘rsatgan.
Shunday qilib, asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar rentabelligining
o‘zgarishiga har ikki omil ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
Buning natijasida
rentabellik darajasining rejaga nisbatan haqiqatda 5,39 foizga oshganligini
ko‘rishimiz mumkin.
377
Yuqoridagi 16.4-jadvalda fond qaytimining omilli tahlilida keltirilgan
omillarning ham asosiy vositalar rentabelligi darajasiga ta’sirini
hisob-kitob qilib
o‘rganish mumkin. Buning uchun n – omil hisobiga o‘zgargan fond qaytimi
ko‘rsatkichini mahsulot rentabelligining rejadagi darajasiga ko‘paytirish lozim.
Mazkur hisob-kitobni quyidagi jadvalda keltiramiz (16.5-jadval).
Dostları ilə paylaş: