R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Nomoddiy aktivlardan foydalanish tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə266/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

16.4. Nomoddiy aktivlardan foydalanish tahlili 
“Nomoddiy aktivlar” nomli 7-sonli buxgalteriya hisobi milliy standarti 
(BHMS)ga muvofiq nomoddiy aktivlar
 
– bu korxona tomonidan ulardan ishlab 
chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida 
foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funksiyalarni amalga oshirish 
uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega 
bo‘lmagan mol-mulk obyektlaridir. 
Nomoddiy aktivlarning ta’rifi aktivdan xo‘jalik faoliyatida foydalanilishini 
va u moddiy mohiyatga ega bo‘lmasligini talab etadi. Moddiy mohiyatga ega 
bo‘lmagan (pul mablag‘lari ko‘rinishida bo‘lmagan) aktivlar, agarda yuridik 
huquqlar, jumladan mulk huquqi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan va ulardan uzoq muddat davomida foydalanilgan taqdirda nomoddiy 
aktivlar ta’rifiga javob beradi. Shuningdek, aktivlarni buxgalteriya hisobiga 
nomoddiy aktivlar sifatida qabul qilishda bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlar 
bajarilishi kerak: 
-
moddiy-ashyoviy tuzilish (shakl)ga ega bo‘lmasligi; 
-
aktivlardan mahsulot ishlab chiqarishda, ishlar bajarish yoki xizmatlar 
ko‘rsatishda yoxud korxonaning ma’muriy va boshqa funksiyalari uchun uzoq 
muddat, ya’ni davomiyligi 12 oydan yuqori foydali xizmat muddati yoki agar u
12 oydan oshadigan bo‘lsa, oddiy operasion sikl mobaynida foydalanish; 
-
korxona ushbu aktivni keyinchalik qayta sotishni mo‘ljallamaydi;
-
ishonchlilik, ya’ni korxonada aktiv va unga bo‘lgan mutlaq huquqning 
mavjudligini tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar (patentlar, 
guvohnomalar, boshqa muhofaza qiluvchi hujjatlar, patent, tovar belgisidan voz 


382 
kechish (sotib olish) shartnomasi)ning mavjudligi; 
-
korxona tomonidan boshqa aktivlardan identifikasiyalash (bo‘lish, 
ajratish) imkoniyati, ya’ni aktivni undan foydalaniladigan xo‘jalik faoliyatidan 
alohida foydalanishning mumkin bo‘lishi. 
Mazkur shartlarga javob beruvchi quyidagi obyektlar nomoddiy aktivlar 
tarkibiga kiritiladi: patent egasining ixtiro, sanoat namunalari va foydali 
modellarga bo‘lgan mutlaq huquqi; muallif yoki boshqa huquq egasining EHM 
uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalariga bo‘lgan mutlaq huquqi; muallif yoki 
boshqa huquq egasining integral mikrosxemalarning topologiyalariga bo‘lgan 
mutlaq huquqi; huquq egasining tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisiga 
bo‘lgan mutlaq huquqi, shuningdek tovar ishlab chiqarilgan joy nomidan 
foydalanish huquqi; huquq egasining seleksiya yutuqlariga bo‘lgan mutlaq huquqi; 
gudvill; tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, ya’ni yer osti boyliklari, atrof-
muhitdagi boshqa resurslar, atrof-muhit to‘g‘risidagi geologik va boshqa 
ma’lumotlar hamda shu kabilardan foydalanish huquqi; mol-mulkdan foydalanish 
huquqi, ya’ni yer uchastkalari, binolar va shu kabilardan foydalanish huquqi; 
boshqa nomoddiy aktivlar (mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar 
ko‘rsatish, iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqi va shu kabilar). 
Nomoddiy aktivlar buxgalteriya balansi aktiv qismi “Uzoq muddatli 
aktivlar” bo‘limining “Nomoddiy aktivlar” moddasida aks ettiriladi. Shu bois, 
buxgalteriya balansi nomoddiy aktivlarni tahlil qilib o‘rganishda asosiy axborot 
manbalaridan biri hisoblanadi. Buxgalteriya balansida xo‘jalik yurituvchi 
subyektda mavjud nomoddiy aktivlarning umumiy boshlang‘ich qiymati, 
jamg‘arilgan eskirishi va qoldiq qiymati to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishimiz 
mumkin. Lekin, nomoddiy aktivlarning tarkibi, tuzilishi va dinamikasini tahlil qilib 
o‘rganishda ushbu ma’lumotlar yetarli hisoblanmaydi. Shu sababli, nomoddiy 
aktivlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan schyot ma’lumotlaridan ham 
foydalanish zarur hisoblanadi. 
Yuqoridagi axborot manbalaridan foydalanilgan holda xo‘jalik yurituvchi 


383 
subyektning nomoddiy aktivlardan foydalanish darajasi tahlil qilib o‘rganiladi. 
Bunda dastlab, nomoddiy aktivlar holati tahlil qilib o‘rganiladi. Nomoddiy aktivlar 
holati tahlil qilib o‘rganilganda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (16.6-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin