R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


LIST OF USED LITERATURES……………………………………….…



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

LIST OF USED LITERATURES……………………………………….….. 
437 
ATTACHMENT………………………………………………………….….. 
440 


20 
KIRISH 
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash 
hamda innovatsion iqtisodiyotni barpo etish o‘z navbatida samarali uyg‘unlashgan 
boshqaruvni talab etadi. Xususan, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyev “... biz O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni 
maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va 
innovasiya bilan erisha olamiz. 
Buning uchun, avvalombor, tashabbuskor islohotchi bo‘lib maydonga 
chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini 
tarbiyalashimiz zarur” deb ta’kidlab o‘tganlar
1
. Mazkur vazifaning ijrosini 
ta’minlashda iqtisodiy fanlarni takomillashtirish va uning axborot ta’minotini 
rivojlantirish zaruriyatidan kelib chiqib, moliyaviy tahlil fanini mukammal 
o‘rganish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Moliyaviy 
tahlilning maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini 
buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari orqali o‘tgan davrda, tahlil 
qilinayotgan vaqtda, erishilgan hamda kelgusida erishiladigan moliyaviy natijalar 
va moliyaviy holatiga har tomonlama baho berish, shuningdek, xo‘jalik 
faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarni aniqlab to‘g‘ri xulosalarni shakllantirishdan 
iborat. 
Ushbu maqsadga erishishda moliyaviy tahlilning asosiy vazifasi sifatida 
xo‘jalik faoliyatini o‘rganish, uni yanada rivojlantirish, takomillashtirish, mavjud 
imkoniyatlardan 
to‘liq foydalanish, erishilgan muvaffaqiyatlarni keng 
jamoatchilikka ko‘rsata bilish va yo‘l quyilgan kamchiliklarning sabablarini 
o‘rganish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-
tadbirlarni ishlab chiqishga yordam berishdan iborat. 
“Moliyaviy tahlil” fanidan tayyorlangan mazkur darslik 3 bo‘limdan iborat 
bo‘lib, birinchi bo‘limi moliyaviy tahlilning nazariy asoslariga, ikkinchi bo‘limi 
moliyaviy tahlil va uchinchi bo‘limi esa agrar sohaning boshqa tarmoq korxonalari 
1
Mirziyoyev Sh.M. “Azmu shijoatli xalqimiz tariximizning yangi sahifasini yaratishga qodir” nomli 2020 yil 24 
yanvar kuni Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomasi. “Xalq so‘zi” 2020 yil 25 yanvar, №19 (7521). 


21 
xo‘jalik faoliyatining tahliliga bag‘ishlangan. U 17 ta bobdan iborat bo‘lib, 
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalarni o‘z ichiga oladi. Xususan, har bir 
mavzu bo‘yicha nazorat savollari va testlari berilgan. 
Darslikni tayyorlashda buxgalteriya hisobi va tahlil faoliyatiga doir 
normativ-huquqiy hujjatlar, to‘plamlar va boshqa tegishli manbalardan 
foydalanildi. Darslikda keltirilgan buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari 
shartli ravishda “Sharq” fermer xo‘jaligi, “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan 
jamiyat va Toshkent viloyati “Agrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati (AJ) 
ma’lumotlari sifatida olingan bo‘lib, rasmiy hisoblanmaydi. Mavzularni 
o‘rganishda va yoritishda o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi uchun foydalanildi. 
Darslik qo‘lyozmasini o‘qib, kamchiliklarini tuzatish hamda shakl va 
mazmunini yaxshilash borasida bergan maslahatlari uchun taqrizchilar i.f.d., 
dotsent 
K.R.Hotamov 
va 
i.f.n., 
dotsent 
M.Yu.Raximovlarga 
chuqur 
minnatdorchiligimizni bildiramiz. 
Mazkur darslik 5230900 – «Buxgalteriya hisobi va audit» bakalavriat ta’lim 
yo‘nalishi talabalari va boshqa iqtisodiy yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar 
uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, darslik amaliyotdagi tadbirkorlar, iqtisodchi-
buxgalterlar va xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari uchun ham foydali deb 
o‘ylaymiz. 
Albatta, kitob kamchiliklardan holi bo‘lmasligi mumkin. Uni mazmun va 
shakl jihatdan yaxshilash borasida bildiriladigan barcha fikr-mulohazalar va 
takliflar uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz. 
 
Mualliflar

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin