22
I BO‘LIM. MOLIYAVIY TAHLILNING NAZARIY ASOSLARI
I BOB. MOLIYAVIY TAHLILNING MAZMUNI, PREDMETI VA
VAZIFALARI
1.1. Tahlil fanining vujudga kelishi va rivojlanishi
Tahlil fanini vujudga kelishi va fan sifatida shakllanishida o‘ziga xos
evolyusion yo‘lni bosib o‘tgan. Uning vujudga kelishi, shakllanishi va mustaqil fan
sifatida rivojlanishi iqtisodchi olimlarning jumladan, M.Q.Pardaev
2
, A.V.Vahobov,
A.T.Ibrohimov, N.F.Ishonqulov
3
, T.Qudratov, N.Fayzieva
4
, M.Q.Pardaev.,
J.I.Isroilov va B.I.Isroilovlarning
5
tahlilga oid ilmiy va o‘quv-uslubiy
asarlarida
atroflicha yoritilgan.
Bu fanni paydo bo‘lishi, shakllanishi va takomillashishiga olib keluvchi
omillar jamiyatda yuzaga kelgan obyektiv shart-sharoitlar hisoblanadi. Xususan,
XVI – XVII asrlarda ishlab chiqarishning takomillashib borishi, erkin raqobatning
vujudga kelishi xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy
ahvolini baholash va
yaxshilash borasida oqilono boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida moliya-
xo‘jalik faoliyatini tahlil qilib o‘rganish zarurati o‘z navbatida tahlil
elementlarining vujudga kelishiga sabab bo‘lgan.
Tahlilning elementlari birinchi marta 1880-yillarda «Счётоводство»
jurnalida chop etilgan maqolalarda paydo bo‘la boshlagan.
Ushbu maqolalar
asosan buxgalteriya balansining tahliliga bag‘ishlangan. Chunki, o‘sha davrlarda
xo‘jalik faoliyatining natijalari asosan buxgalteriya balansida aks ettirilgan.
Buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida xo‘jalik yurituvchi subyekt mablag‘lari
va ular manbaining ma’lum davrdagi o‘zgarishi aniqlangan. Biroq,
mazkur
o‘zgarishlarning paydo bo‘lishiga qanday obyektiv va subyektiv omillar ta’sir
ko‘rsatayotgani va ularning natijalari mulk egalari uchun muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan ko‘rsatkichlar sifatida qarala boshlangan. Bu esa, buxgalteriya balansidagi
2
Pardaev M.Q. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. Samarqand; «Zarafshon» 2001. -28 b.
3
Vahobov A.V., Ibrohimov A.T., Ishonqulov N.F Moliyaviy va boshqaruv tahlili. T.: «Sharq» 2005. - 20 b.
4
Qudratov T., Fayzieva N. Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati. –T.: «Voris-nashriyoti», 2012. -7 b.
5
Pardaev M.Q., Isroilov J.I., Isroilov B.I. Iqtisodiy tahlil: O‘quv qo‘llanma. –T, 2017. -12 b.
23
ko‘rsatkichlarni batafsil tahlil qilib o‘rganish zaruratini paydo qilgan.
Shu tariqa,
tahlilning ba’zi elementlari mavjud bo‘lgan fan – «Balansshunoslik» fani vujudga
kelgan.
Fan o‘zining rivojlanish yo‘li davomida «Balansshunoslik», «Balans
talqini», «Balansni tahlil qilish», «Hisobot tahlili», «Iqtisodiy tahlil», «Sosial-
iqtisodiy tahlil», «Xo‘jalik faoliyati tahlili», «Moliyaviy va boshqaruv tahlili»,
«Iqtisodiy tahlil» va «Moliyaviy tahlil» nomlari bilan atalib kelingan.
Tahlil fani 1940-yillarga kelib, «Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» fani
sifatida to‘liq shakllangan va oliy o‘quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o‘qitila
boshlagan. Shu davrda iqtisodchi olimlar tomonidan ushbu fanga doir darslik va
o‘quv qo‘llanmalar tayyorlandi va chop ettirildi.
Jumladan, S.K.Tatur «Анализ
хозяйственной деятельности промышленных предприятий», N.R.Veysman
«Анализ хозяйственной деятельности промышленных предприятий»,
M.S.Rubinov «Основы учёта и анализа хозяйственной деятельности
промышленного предприятия» va boshqa darsliklar chop ettirildi.
XX asrning 50 – 60-yillaridan boshlab, tahlil fanini iqtisodiyot tarmoqlariga
mos holda bir qancha turlari vujudga keldi.
Bularga sanoat korxonalari
faoliyatining tahlili, qishloq xo‘jalik korxonalari faoliyatining tahlili,
savdo
korxonalari faoliyatining tahlili kabilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
O‘tgan asrning 70-80-yillarida iqtisodiy tahlil fanining nazariyasini yaratish
bo‘yicha ijobiy ishlar olib borildi va tahlil nazariyasi fan sifatida shakllandi. Ushbu
fanning nazariy asoslari birinchi bo‘lib Rossiyalik iqtisodchi olimlar M.I.Bakanov
va A.D.Sheremetlar tomonidan bir tizimga keltirilgan holda 1987-yilda «Теория
экономического анализа» nomli darslik sifatida chop ettirildi. Shundan so‘ng bu
fanga doir nazariy masalalar Ukrainalik, Belorussiyalik va O‘zbekistonlik olimlar
tomonidan ham o‘rganildi. Hozirgi kunga qadar oliy o‘quv yurtlarida «Iqtisodiy
tahlil nazariyasi» mustaqil fan sifatida o‘qitilib kelinmoqda.
Dostları ilə paylaş: