R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Korxonaning moddiy resurslar bilan ta’minlanganligi va ulardan



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə270/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
16.5. Korxonaning moddiy resurslar bilan ta’minlanganligi va ulardan 
foydalanish samaradorligining tahlili 
Bozor munosabatlari sharoitida qayta ishlash korxonalarida mahsulot ishlab 
chiqarish hajmini ko‘paytirish, uning tannarxini kamaytirish, foyda va rentabellik 
ko‘rsatkichlarni oshirishga doir rejalar bajarilishining zarur sharti bo‘lib, yetarli 
assortiment va sifatga ega bo‘lgan xomashyo va materiallar bilan to‘la va o‘z 
vaqtida ta’minlashdir. Chunki, qayta ishlash korxonalarining moliyaviy-xo‘jalik 
faoliyatining natijasi va samaradorligi bevosita ularning moddiy resurslar bilan 
ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Moddiy resurslar bilan ta’minlanish darajasi korxonada mavjud moddiy 
resurslarning haqiqiy hajmini (miqdorini) normativ bo‘yicha talab qilinadigan 
hajmiga (miqdoriga) bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. 
Korxonaning moddiy resurslar bilan ta’minlanganligi tahlili taqqoslash, 
ko‘rsatkichlar farqi, qayta hisoblash va zanjirli bog‘lanish usullaridan foydalangan 
holda amalga oshirilishi mumkin. Dastlab, tahlilda ularning umumiy o‘zgarishi 
aniqlanadi, shundan so‘ng mazkur o‘zgarishga ta’sir ko‘rsatgan omillarning ta’sir 


387 
darajalari hisob-kitob qilish orqali aniqlanib
moddiy resurslar bilan 
ta’minlanganlik darajasiga baho beraladi. Bunda mol yetkazib beruvchilardan 
olingan materiallarning sifati, ularning standartlari, texnik talablarga muvofiqligi 
va shartnomada belgilangan tomonlarning huquq va majburiyatlari ham 
o‘rganiladi. 
Tahlilning 
keyingi 
bosqichida 
moddiy 
resurslardan 
foydalanish 
samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlil qilib o‘rganiladi. Ushbu 
ko‘rsatkichlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 
-
moddiy resurslar qaytimi; 
-
moddiy resurslar sig‘imi; 
-
moddiy resurslar rentabelligi. 
Moddiy resurslar qaytimi deganda bir so‘mlik moddiy xarajatlar hisobiga 
ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi tushuniladi. Bu ko‘rsatkichning darajasi qancha 
katta bo‘lsa, moddiy resurslardan foydalanish samaradorligining darajasi shuncha 
yuqori bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot 
hajmini sarflangan moddiy xarajatlar hajmiga bo‘lish kerak: 
MQ = YaM : MX, (16.6) 
Bunda: MQ- material qaytimi; YaM – ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmi; 
MX – moddiy xarajatlar hajmi. 
Moddiy resurslar sig‘imi ko‘rsatkichi moddiy resurslar qaytimining aksini 
ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, bir so‘mlik ishlab chiqarilgan mahsulot uchun sarf 
bo‘lgan moddiy xarajatlar summasini ifodalaydi. Bunda mazkur ko‘rsatkich 
qancha past bo‘lsa, moddiy resurslardan foydalanish samaradorligi shuncha yuqori 
bo‘ladi. Ya’ni, 1 so‘mlik moddiy xarajat hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot 
hajmi shuncha oshib boradi. Bu esa, korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyati 
samaradorligining ortishiga olib keladi. 
Bu ko‘rsatkich mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf bo‘lgan moddiy 
xarajatlar hajmini ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmiga bo‘lish orqali 
aniqlanadi: 


388 
MS = MX : YaM, (16.6) 
Bunda: MS- material sig‘imi. 
Moddiy resurslar rentabelligi ko‘rsatkichi mahsulot ishlab chiqarish uchun 
sarf bo‘lgan moddiy xarajatlarning har bir so‘mi hisobiga olingan foyda summasini 
ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichning ham yuqori bo‘lishi korxonada moddiy resurslardan 
foydalanish samaradorligi ortganligidan dalolat beradi. Ya’ni, 1 so‘mlik moddiy 
xarajat hisobiga olingan foydaning oshishi, korxona moliyaviy ahvolining ham 
mustahkamlanishiga sababchi bo‘ladi. 
Mazkur ko‘rsatkichni aniqlash uchun mahsulot sotishdan olingan yalpi 
foyda summasini mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf bo‘lgan moddiy xarajatlar 
summasiga bo‘lish orqali aniqlanadi: 
MR = YaF : MX, (16.7) 
Bunda: MR- moddiy resurslar rentabelligi; YaF – mahsulot sotishdan olingan yalpi 
foyda. 
Moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi yuqoridagi 
ko‘rsatkichlarni “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyat ma’lumotlari 
asosida tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi
(16.9-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin