R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyatiga ta’sir



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

3.2. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyatiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillarning tasnifi 
Ma’lumki, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatiga 
ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu omillarni to‘g‘ri talqin qilish va o‘rganish 
uchun ularni ma’lum bir belgilari bo‘yicha tasniflash lozim. Xususan, iqtisodchi 
olim M.Q.Pardaev
22
tomonidan ular quyidagi belgilari bo‘yicha tasniflanadi: 
omillarning mohiyati bo‘yicha; ta’sir ko‘rsatish vaqti bo‘yicha; ta’sir qilish darajasi 
22
Pardaev M.Q. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. “Zarafshon”, 2001. – 68 b. 


60 
bo‘yicha; ta’sir ko‘rsatish xarakteri bo‘yicha; hodisa va jarayonlarni ifoda etish 
bo‘yicha; o‘lchash mumkinligi jihatidan; detallashtirish darajasi bo‘yicha; korxona 
faoliyatiga bog‘liqligi jihatidan. 
Omillarni mohiyati bo‘yicha tasniflashda natijaga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar 
asosiy va yordamchi omillarga bo‘linadi (3.1-rasm). 
 
3.1-rasm. Omillarning mohiyati bo‘yicha tasniflanishi 
Asosiy omillarga natijaning o‘zgarishiga bevosita birlamchi ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillar kiradi. Masalan, fermer xo‘jaligida 1 kishi – soat hisobiga 
yetishtirilgan mahsulot hajmining (BMH) o‘zgarishiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi 
birlamchi omillar sifatida 1 gektar ekin maydoni hisobiga olingan hosil (H) va 1 
gektar ekin maydoni hisobiga to‘g‘ri keladigan mehnat sarfini (MC) oladigan 
bo‘lsak, ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni quyidagicha ifodalash mumkin: 
BMH = H / MS, (3.7) 
Yordamchi omillarga asosiy omillarga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni kiritish 
mumkin. Jumladan, 1 gektar ekin maydoni hisobiga olingan hosil (H) o‘z 
navbatida xo‘jalikda yetishtirilgan mahsulot hajmini (MH) ekin maydoniga (M) 
bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi: 
H = MH / M, (3.8) 
Bunda “H” – natija ko‘rsatkichi bo‘lib, “MH” va “M” unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar 
hisoblanadi. Bunga 1 kishi – soat hisobiga yetishtirilgan mahsulot hajmi nuqtai nazaridan 
qaraydigan bo‘lsak, unda “H” – asosiy omil, “MH” va “M” yordamchi omillar hisoblanadi. 
Xuddi shunday holatni 1 gektar ekin maydoni hisobiga to‘g‘ri keladigan 
mehnat sarfi bo‘yicha ham keltirib o‘tish mumkin. 
Yuqoridagi tasnifga ko‘ra omillar ta’sir ko‘rsatish vaqti bo‘yicha ham 
tasniflanadi. Mazkur belgisi bo‘yicha ham omillar ikki guruhga bo‘linadi
(3.2.-rasm). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin