R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


Omillarning ta’sir ko‘rsatish darajasi bo‘yicha tasnifi



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

Omillarning ta’sir ko‘rsatish darajasi bo‘yicha tasnifi 
Umumiy omillar 
O‘ziga xos omillar 


62 
Masalan, ekin maydoni, chorva mollari bosh soni, hosildorlik, mahsuldorlik, yalpi 
hosil va boshqa shu kabi omillar agrar sohaga tegishli bo‘lgan o‘ziga xos 
omillardir. Tovar oboroti, ulgurji baho, muomala xarajatlari, savdo ustamasi va 
savdo chegirmasi kabi omillar esa savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarga tegishli omillar hisoblanadi. 
Omillar ta’sir qilish xarakteri bo‘yicha ham tasniflanadi. Omillar ushbu 
belgisi bo‘yicha quyidagicha guruhlanadi (3.4-rasm). 
Ekstensiv omillarga miqdorning ortishi bilan bog‘liq, ya’ni qo‘shimcha 
resurslarni jalb qilish hisobiga natijani o‘zgartiruvchi omillar kiradi. Masalan, agrar 
sohada yalpi hosil natija ko‘rsatkichi bo‘lib, uning miqdorini o‘tgan yilga (biznes 
rejaga) nisbatan ortishini ta’minlash uchun ekin maydonini ko‘paytirish chorasi 
qo‘llanilsa, unda yalpi hosilning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ekstensiv omil bu 
ekin maydoni hisoblanadi. Bundan tashqari bu guruh omillariga tahlil qilinayotgan 
obyektga, tahlilning maqsad va vazifalariga, tahlil qilinayotgan sohaga ko‘ra 
ko‘plab misollar keltirish mumkin. 
3.4-rasm. Omillarning ta’sir qilish xarakteri bo‘yicha tasnifi 
Natijaning o‘zgarishiga miqdor ko‘rsatkichini ko‘paytirish hisobiga emas, 
balki sifat ko‘rsatkichini oshirish evaziga erishish bugungi kunning qat’iy talabi 
hisoblanadi. Shu sababli, mavjud resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish 
hisobiga natijani o‘zgartiruvchi omillar intensiv omillardir. Ular jumlasiga 
hosildorlik, mahsuldorlik, mehnat unumdorligi kabi ko‘plab omillarni kiritish 
mumkin. Albatta, ushbu omillar hisobiga iqtisodiy o‘sishga erishish subyekt 
moliya-xo‘jalik faoliyatining umumiy samaradorligini oshiradi. 
Omillar ta’sirini o‘lchash mumkinligi jihatidan ham tasniflanadi. Mazkur 
belgisi bo‘yicha omillar ikki guruhga bo‘linadi (3.5-rasm). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin