R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


Omillar ta’sirini o‘lchash mumkinligi bo‘yicha tasnifi



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

Omillar ta’sirini o‘lchash mumkinligi bo‘yicha tasnifi 
Hisoblanadigan omillar 
Hisoblanishi qiyin (mumkin bo‘lmagan) 
omillar 
Omillarni detallashtirish darajasi bo‘yicha tasniflanishi 
Oddiy ta’sir qiluvchi detallashtirilmaydigan 
omillar 
Murakkab detallashtiriladigan omillar 


64 
chiqishini ifoda etadi. Masalan, mahsulot sotishdan yalpi foyda ko‘rsatkichini 
aniqlash uchun mahsulot sotishdan olingan sof tushum summasidan sotilgan 
mahsulotlar tannarxini ayirish lozim. Ya’ni, uni quyidagicha matematik formula 
ko‘rinishida ifodalash mumkin: 
YAF = SST – IT, (3.9) 
Bu yerda mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (YAF) natija ko‘rsatkichi 
bo‘lib, unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, ya’ni mahsulot sotishdan olingan sof 
tushum (SST) va sotilgan mahsulot tannarxi (IT) ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Ushbu ikki omilni detallashtirish mumkin. Jumladan, mahsulot sotishdan 
olingan sof tushum (SST) bevosita sotilgan mahsulot miqdoriga (M) mahsulot 
birligini sotish bahosini ko‘paytirish bilan aniqlanadi: 
SST = M x B, (3.10) 
O‘z navbatida sotilgan mahsulot tannarxi (IT) ko‘rsatkichi sotilgan mahsulot 
miqdoriga (M) bir birlik sotilgan mahsulot tannarxini (T) ko‘paytirish orqali 
aniqlanadi: 
IT = M x T, (3.11) 
Agarda yuqoridagi 3.9-formulani ikki omilning detallashgan ko‘rinishida 
ifoda etadigan bo‘lsak, u quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi: 
YAF = (M x B) – (M x T), (3.12) 
Demak, 3.9-formuladagi SST va IT omillari detallashtiriladigan omillar 
bo‘lib, undan kelib chiqqan 3.12-formulada ifoda etilgan M, B va T omillar 
detallashtirilmaydigan omillar hisoblanadi. 
Omillar korxona faoliyatiga bog‘liqligi jihatidan ham uch guruhga bo‘lingan 
holda tasniflanadi (3.7-rasm). 
Korxona faoliyatiga bevosita bog‘liq omillarga korxona moliya-xo‘jalik 
faoliyati ta’sir ko‘rsatuvchi ichki omillar kiradi. Masalan, korxona rahbariyatining 
boshqaruv san’ati, xodimlarning malaka darajasi, moddiy-texnika bazasi, mavjud 
resurslardan samarali foydalanish darajasi kabi omillar. 


65 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin