61
3.2-rasm. Omillarning ta’sir ko‘rsatish vaqti bo‘yicha tasniflanishi
Doimiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar shunday omillarki, ular iqtisodiy
jarayonlar sodir bo‘lib turgan vaqtda ta’sir ko‘rsatib, ma’lum bir ko‘rsatkichni
o‘zgartirib turadi. Masalan, fermer xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulot hajmining
oshishi foydaning ko‘payishi, xodimlar manfaatdorligining ortishi va iqtisodiy
samaradorlikning oshishi kabi ko‘rsatkichlarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli,
u doimiy ta’sir ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi.
Shu bilan birga, ba’zi omillar ham borki, ular iqtisodiy jarayonlarga va
ularni ifodalovchi ko‘rsatkichlar hajmiga ta’sir ko‘rsatishi vaqtincha bo‘ladi.
Jumladan, agrar sohada iqlimning mavsumiy o‘zgarishi fermer xo‘jaligida
mahsulot yetishtirish hajmining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. Tijorat banklaridan
olingan kreditlar xo‘jalik yurituvchi subyektning oyoqqa turishiga, moliyaviy
resurslarga bo‘lgan talabining qondirilishiga, ishlab chiqarish hajmining oshishiga
ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Omillar ta’sir ko‘rsatish darajasi bo‘yicha ikki guruhga bo‘lib o‘rganiladi
(3.3-rasm).
3.3-rasm. Omillarning ta’sir ko‘rsatish darajasi bo‘yicha tasnifi
Umumiy omillarga barcha sohaning iqtisodiy jarayonlariga ta’sir
ko‘rsatadigan omillarni kiradi. Jumladan, xodimlar soni, ish vaqti, yalpi tushum,
daromad, xarajat va boshqa omillarni aytib o‘tish mumkin. Bu omillar xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning faoliyat sohasidan qat’iy nazar bo‘lishi tabiiy. Shu bois,
mazkur omillar umumiy tegishli omillar sifatida qaraladi.
O‘ziga xos omillar ayrim sohalarga tegishli bo‘lgan omillar hisoblanadi.
Omillar ta’sir ko‘rsatish vaqti bo‘yicha tasniflanishi
Doimiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
Vaqtinchalik ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
Dostları ilə paylaş: