71
IV BOB. MOLIYAVIY TAHLILNI TASHKIL ETISH VA UNING
AXBOROT MANBAI
4.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy tahlilni tashkil etish
Bozor munosabatlari sharoitida xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning barqaror
faoliyat yuritishi oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilishni taqozo etadi. Buning
uchun subyekt rahbariyati ichki va tashqi axborotlardan unumli foydalanishlari
lozim. Bu esa, ulardan xo‘jalik subyektining moliya-xo‘jalik
faoliyati natijalarini
to‘liq tahlil qilib o‘rganishni va shu asosda kerakli axborotlarni shakllantirishni
talab etadi. Chunki, tahlil natijalari asosiy xo‘jalik
jarayonlarini boshqarish, talab
va taklifni o‘rganish, pul muomalasi, raqobat muhitiga moslashish borasida asosli
xulosalarni
shakllantirish, mavjud ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan holda
xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish borasida tegishli qarorlarni qabul qilish
imkonini beradi. Boshqaruv bo‘yicha to‘g‘ri qaror qabul qilish xo‘jalik yurituvchi
subyektning samarali faoliyat yuritishi va rivojlanishini ta’minlaydi.
Bugungi kunda moliyaviy tahlilni tashkil etish
borasida rasmiy tartib-
tamoyillar belgilanmaganligi sababli, uni tashkil etishda an’anaviy
usullardan
foydalanish mumkin.
Iqtisodchi olim M.Yu.Raximov moliyaviy tahlilni tashkil etish shakli
bo‘yicha ichki moliyaviy tahlil va tashqi moliyaviy tahlil
sifatida tarkiblashni
tavsiya qilgan (4.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: