6.9-jadval Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi asosiy vositalar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi Asosiy vositalar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar
Asosiy vositalar
jami mulkdagi
hissasi (Kavh)
O‘z mablag‘ining
kapitallashganlik
koeffitsiyenti (Ko‘mk)
Asosiy vositalar
jamg‘arilishi
intensivligi
koeffitsiyenti (Kin)
Asosiy vositalar
jamg‘arilishi umumiy
koeffitsiyenti (Kavju)
Kavh = Av / B
bunda:
Av
-
asosiy vositalar
Ko‘mk=(Av-Umkq)/O‘m
bunda:
Umkq-uzoq
mudatli
kapital
quyilmalar
Kin=Avje / Av
bunda:
Avje-asosiy
vositaning joriy yilagi
eskirish summasi
Kavju=Ave/Av
bunda: Ave - asosiy
vositalar eskirishi
Korxonalar moliyaviy barqarorligini ifodalovchi asosiy vositalar bilan
bog‘liq ko‘rsatkichlardan biri ularning butun mulkdagi hissasidir (Kavh). Ushbu
143
ko‘rsatkichni hisoblash uchun asosiy vositalar summasini (Av) aktivlar jami
summasiga (B) bo‘lish lozim. Ushbu ko‘rsatkich korxonaning aktivida asosiy
vositalarning ulushi qancha ekanligini ifodalaydi.
Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi asosiy vositalar bilan bog‘liq
ko‘rsatkichlardan yana biri bu o‘z mablag‘lar manbaining kapitallashganlik
koeffitsiyentidir. Bu ko‘rsatkichni (Ko‘mk) aniqlash uchun asosiy vositalar (Av)
summasidan uzoq muddatli kapital qo‘yilmalarni (Umkq) ayirib, natijani o‘z
mablag‘lari summasiga (O‘m) bo‘lish kerak. Mazkur ko‘rsatkich o‘z mablag‘lari
manbaining qancha qismi asosiy vositaga sarf qilinganligi yoki asosiy
vositalarning qancha qismi o‘z mablag‘lari evaziga shakllanganligini ko‘rsatib
beradi.
Keyingi ko‘rsatkich bu asosiy vositalar jamg‘arilishining intensivligi (Kin)
ko‘rsatkichi bo‘lib, uni aniqlash uchun asosiy vositalarning joriy yildagi eskirish
summasini (Avje) asosiy vositalarning umumiy summasiga (Av) bo‘lish lozim. Bu
ko‘rsatkich umumiy asosiy vositalarning qancha qismi bir joriy yilda
jamg‘arilganligini ko‘rsatadi.
Mazkur guruhga kiruvchi yana bir muhim ko‘rsatkich asosiy vositalar
jamg‘arilishining umumiy koeffitsiyentidir (Kavju). Ushbu ko‘rsatkich asosiy
vositalarning jamg‘arilgan eskirish summasini (Ave) umumiy asosiy vositalar
qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichning miqdori asosiy vositalar
umumiy qiymatining qancha qismi jamg‘arilganligini ifodalaydi.
Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi asosiy vositalar bilan bog‘liq mazkur
ko‘rsatkichlarni “Sharq” fermer xo‘jaligining moliyaviy hisobot ma’lumotlari
asosida tahlil qilib o‘rganganimizda qo‘yidagi natijalarga ega bo‘lindi
(6.10-jadval).