R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-jadval  Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi harakatdagi o‘z mablag‘lari bilan bog‘liq



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

6.7-jadval 
Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi harakatdagi o‘z mablag‘lari bilan bog‘liq 
ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi 
Harakatdagi o‘z mablag‘lari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar 
Umumiy 
harakatchanlik 
koeffitsiyenti
(Kuh) 
Harakatdagi 
mablag‘larning 
harakatchanlik 
koeffitsiyenti 
(Khh) 
Sof harakatchanlik 
koeffitsiyenti
(Ksh) 
Sof harakatdagi 
mablag‘larning faollik 
koeffitsiyenti
(Kf) 
 
Kuh = O‘hm / O‘m 
bunda: 
O‘hm 

umumiy harakatdagi 
o‘z mablag‘lari 
 
Khh = O‘hm / B 
 
Ksh = Shm / B 
bunda: Shm - sof 
harakatagi 
o‘z 
mablag‘lari 
 
Kf = Shm / O‘xm
6.7-jadvalda keltirilgan harakatdagi o‘z mablag‘lari bilan bog‘liq 
ko‘rsatkichlarning birinchi ko‘rsatkichi, ya’ni umumiy harakatchanlik 
koeffitsiyentini (Kuh) aniqlash uchun umumiy harakatdagi o‘z mablag‘lari 
summasi (O‘hm)ni jami o‘z mablag‘lari summasiga (O‘m) bo‘lish lozim. Bu 
hisob-kitobni amalga oshirishdan oldin umumiy harakatdagi o‘z mablag‘lari 
summasini aniqlab olish kerak. Bu ko‘rsatkich buxgalteriya balansi ma’lumotlariga 
asosan quyidagicha aniqlanadi: 
O‘hm = O‘m + Umchjm – Avot
Bunda: O‘m - korxonaning o‘z mablag‘i, Umchjm - uzoq muddatli chetdan jalb qilingan 
mablag‘lar summasi, Avot - asosiy vositalar va oborotdan tashqari aktivlar. 
Mazkur ko‘rsatkich o‘z mablag‘larining qancha qismi harakatdagi 
mablag‘dan iborat ekanligini ifodalaydi. Ushbu ko‘rsatkichning hajmi qanchalik 
oshib borsa, korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yaxshilanishiga ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Harakatdagi mablag‘larning harakatchanlik koeffitsiyenti (Khh) esa 
harakatdagi o‘z mablag‘larining umumiy mablag‘lardagi hissasini ifodalaydi. Bu 
ko‘rsatkich harakatdagi o‘z mablag‘lari summasini (O‘hm) umumiy mablag‘lar 
summasiga (B) bo‘lish orqali aniqlanadi. Uning miqdori qancha oshib borsa 


140 
korxona uchun shunchalik muhim hisoblanadi, chunki bu korxonaning harakatdagi 
o‘z mablag‘i umumiy mablag‘i tarkibida ko‘payib borayotganligidan dalolat 
beradi. 
Korxona moliyaviy barqarorligini ifodalovchi harakatdagi o‘z mablag‘lari 
bilan bog‘liq ko‘rsatkichlardan yana biri bu sof harakatchanlik koeffitsiyentidir. Bu 
ko‘rsatkichni aniqlash uchun sof harakatdagi o‘z mablag‘lari summasini (Shm) 
umumiy mablag‘lar summasiga (B) bo‘lish kerak. Buning uchun birinchi navbatda 
sof harakatdagi o‘z mablag‘lari summasi aniqlab olinadi. Bu ko‘rsatkich umumiy 
harakatdagi mablag‘lardan joriy majburiyatlar va muddati o‘tgan debitorlik 
qarzlari miqdorini ayirish orqali aniqlanadi. 
Sof harakatchanlik koeffitsiyenti umumiy aylanma mablag‘larning qancha 
qismi tez harakat qiladigan aylanma mablag‘larga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi. 
Ushbu ko‘rsatkichlarning miqdori ham qancha yuqori bo‘lsa korxona moliyaviy-
xo‘jalik faoliyatining yaxshilanayotganligidan, uning moliyaviy barqarorligi 
ta’minlanayotganligidan dalolat beradi. 
Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi harakatdagi mablag‘lar bilan bog‘liq 
ko‘rsatkichlar tizimining so‘nggi ko‘rsatkichi bu sof harakatdagi mablag‘larning 
faollik koeffitsiyentidir (Kf). Ushbu ko‘rsatkich sof harakatdagi o‘z mablag‘lar 
summasini (Shm) umumiy harakatdagi o‘z mablag‘lari summasiga (O‘hm) bo‘lish 
yo‘li bilan aniqlanadi.
 
Bu ko‘rsatkichning hajmi tovar zaxiralari va pul mablag‘larida ishtirok 
etayotgan o‘z mablag‘ining umumiy harakatdagi mablag‘laridagi hissasini 
ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichning maksimal hajmi birga teng. Agar uning miqdori 
birga teng bo‘lsa korxonaning harakatdagi barcha mablag‘lari o‘z mablag‘idan 
ekanligidan dalolat beradi. 
Yuqoridagi moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi harakatdagi o‘z mablag‘lari 
bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni “Sharq” fermer xo‘jaligining moliyaviy hisobot 
ma’lumotlari asosida tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega 
bo‘lindi (6.8-jadval). 


141 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin