R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

6.12 - jadval 
“Sharq” fermer xo‘jaligi moliyaviy barqarorlikning aylanma mablag‘lar 
bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar tahlili 
 
 
Yil 
Yil
Farqi (+, -) 
№ 
Ko‘rsatkichlar nomi 
boshida 
oxirida Summada 
(+,-) 
Foizda 

Birlamchi ko‘rsatkichlar 

Korxonaning barcha mulki (B), ming so‘m 
124918 
161378 +36460 129,2 

Aylanma mablag‘lar (Aym), ming so‘m 
76433 
105646 +29213 
138 

Harakatdagi o‘z mablag‘lari (O‘hm), ming so‘m 
49163 
83240 
+34077 
169 

Chetdan jalb qilingan kapital (Chjk), ming so‘m 
47850 
50689 
+2839 
106 

Umumiy bank krediti (Bk), ming so‘m 
40182 
40182 



Qisqa muddatli bank krediti (Qbk), ming so‘m 





O‘z mablag‘lari (O‘m), ming so‘m 
57466 
98790 
+41324 
172 
Hisoblangan ko‘rsatkichlar 

Aylanma mablag‘larning o‘z mablag‘lari bilan 
ta’minlanish koeffitsiyenti (Kao‘t) (7q:2q) 
0,752 
0,935 
+0,183 
124 

Aylanma mablag‘larning butun mulkdagi hissasi 
(Kamh) (2q:1q) 
0,612 
0,655 
+0,043 
107 
10 Aylanma mablag‘larning qaramlik koeffitsiyenti
(Kaq) (4q:2q) 
0,626 
0,480 
-0,146 
77 
11 Aylanma mablag‘larning qisqacha muddatli bank 
kreditiga qaramlik koeffitsiyenti, (Kqbk) (6q:2q) 




12 Aylanma mablag‘larning tez harakatdagi aylanma 
mablag‘lar bilan ta’minlanish koeffitsiyenti, 
(Khmt) (3q:2q) 
0,643 
0,788 
+0,145 
122,5 
6.12-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, aylanma mablag‘larning o‘z 
mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti yil boshida 0,752 koeffitsiyentni 
tashkil qilgan bo‘lsa, yil oxirida bu ko‘rsatkich 0,935 koeffitsiyentgacha 
ko‘paygan, ya’ni bu o‘zgarish 24 % ni tashkil qiladi. Demak, aylanma 
mablag‘larning o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanish darajasi hisobot davri oxirida 
ko‘paygan. Bu esa, aylanma mablag‘larning qaramlik koeffitsiyenti yil boshiga 
nisbatan 0,146 koeffitsiyentga yoki 23 % ga kamayishiga sabab bo‘lgan. Bundan 
ko‘rinadiki, aylanma mablag‘lar tarkibida chetdan jalb qilingan mablag‘lar ulushi 
yil boshidagi 62,6 % o‘rniga yil oxiriga kelib 48 % gacha kamaygan. Fermer 
xo‘jaligida hisobot davrida qisqa muddatli bank kreditlari mavjud bo‘lmaganligi 
sababli, aylanma mablag‘lar tarkibida qisqa muddatli bank kreditining hissasini 


148 
aniqlay olmaymiz. 
Aylanma mablag‘larning harakatdagi o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanish 
koeffitsiyentining hajmi yil boshida 0,643 koeffitsiyentni tashkil qilgan bo‘lsa, yil 
oxiriga kelib 0,788 koeffitsiyentni tashkil qilmoqda. Bu harakatdagi o‘z 
mablag‘larining aylanma mablag‘lar tarkibida ko‘payganligidan dalolat beradi. 
Shunday qilib, “Sharq” fermer xo‘jaligining moliyaviy barqarorligining 
aylanma mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar tahlili natijalari ham hisobot 
davrida 
fermer 
xo‘jaligining 
moliyaviy-xo‘jalik 
faoliyatining 
yaxshilanayotganligidan, uning moliyaviy barqarorligi ta’minlanayotganligidan 
dalolat beradi.
 
Umumlashgan xulosa sifatida shuni aytish mumkin-ki, korxonaning 
moliyaviy barqarorligini tahlil qilib o‘rganishda yuqoridagi ko‘rsatkichlar 
tizimidan foydalanish qulayligi shundaki, u o‘rganilayotgan obyektni har jihatdan 
qamrab oladi. To‘g‘ri ba’zi ko‘rsatkichlar o‘zi alohida unchalik muhim ahamiyatga 
kasb etmasligi mumkin. Lekin, ular shu obyektni qaysidir jihatini to‘liq baholash 
imkonini beradi. Natijada har bir ko‘rsatkich va uning o‘zgarishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillarni hisoblash hamda yaxshilash yo‘llarini ishlab chiqish uchun 
tegishli ma’lumotlarga ega bo‘linadi va tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish 
imkoniyati paydo bo‘ladi. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin