165
bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar
B) O‘z mablag‘lari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar, chetdan jalb qilingan mablag‘lar
bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar, harakatdagi mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar,
aylanma mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar, to‘lov qobiliyati va balans
likvidligi ko‘rsatkichlari
C) Chetdan jalb qilingan mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar, harakatdagi
mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar, asosiy vositalardan
foydalanish bilan
bog‘liq ko‘rsatkichlar, moliyaviy mustaqillik va moliyaviy qaramlik
ko‘rsatkichlari
D) Moliyaviy mustaqillik, moliyaviy qaramlik, to‘lov qobiliyati, balans likvidligi,
aylanma mablag‘lar aylanishi va moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar
10. Buxgalteriya balansi likvidlik holati bo‘yicha tarkiblanishini ko‘rsating?
A) Mutloq likvid balans, moliyaviy barqaror balans, nolikvid balans, nochorlik
holatidagi balans
B) Mutloq likvid balans, likvid balans, nolikvid balans, moliyaviy qaram balans
C) Mutloq likvid balans, likvid balans, nolikvid balans, nochorlik holatidagi balans
166
VII BOB. ASOSIY VOSITALAR HOLATI VA ULARDAN FOYDALANISH
SAMARADORLIGI TAHLILI
7.1. Asosiy vositalar holati va ulardan foydalanish samaradorligini tahlil
etishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari
«Asosiy vositalar» nomli 5-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti
(BHMC) ning 3a-bandiga asosan, “asosiy vositalar - korxona tomonidan uzoq
muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni
bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy
vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy
aktivlardir” deyilgan.
Shuningdek, ushbu BHMSning 4-bandiga asosan,
asosiy vositalar tarkibiga
quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi:
- bir yildan ortiq xizmat qilish muddati;
- bir birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasi (xarid payti)da
belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan
buyumlar.
Asosiy vositalar hisobini yuritishda korxona rahbari hisobot yilida
buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng
kam chegarasini mustaqil ravishda nisbatan kamroq miqdorda belgilashga haqlidir.
Albatta asosiy vositalar qiymatining eng kam chegarasi “Hisob siyosati”da belgilab
qo‘yishi kerak.
Shu bilan bir qatorda mamlakatimiz iqtisodchi olimlari M.Q.Pardaev,
I.T.Abdukarimov, B.I.Isroilov, A.Vahobov, A.T.Ibrohimovlar N.F.Ishonqulov,
T.Qudratov va N.Fayzievalarning ilmiy-uslubiy asarlarida asosiy vositalar holati
va ulardan foydalanish samaradorligi tahlili o‘rganilgan bo‘lib,
ular tomonidan
asosiy vositalar tushunchasiga mazmunan bir-biriga yaqin bo‘lgan turlicha
yondoshuvlar
keltirilgan.
Jumladan,
iqtisodchi
olimlar
A.Vahobov
va
A.T.Ibrohimovlar “Asosiy vositalar deb ishlab chiqarish siklida bir necha bor
qatnashib, o‘zining qiymatini yaratilayotgan mahsulotlarga qisman-qisman
167
o‘tkazuvchi hamda fizik shaklini saqlab qoluvchi mehnat vositalariga aytiladi”
54
deb ta’rif berganlar.
Iqtisodchi olimlar M.Q.Pardaev, I.T.Abdukarimov, B.I.Isroilovlar esa
“Asosiy vositalar mehnat jarayonida
mulkiy shaklini saqlab qolib, har bir
bosqichdan keyin ishlab chiqarish sohasini tark etmaydi. Ularning qiymati
mahsulotga darhol emas, qismlarga bo‘lingan holda bosqichma-bosqich o‘tib
boradi. Xo‘jalik subyekti aniq baholangan aktivdan
iqtisodiy foyda olishiga
ishonchi bo‘lgan taqdirdagina asosiy vositalarni aktiv sifatida tan oladi”
55
deb
ta’kidlab o‘tishgan.
Iqtisodchi olimlar A.V.Vahobov, A.T.Ibrohimov, N.F.Ishonqulovlar “Asosiy
fondlar deb, ishlab chiqarish siklida bir necha bor qatnashib, o‘zining qiymatini
yaratilayotgan mahsulotlarga qisman o‘tkazuvchi hamda jismoniy shaklini saqlab
qoluvchi mehnat vositalariga aytiladi”
56
deb ta’rif berishgan.
Mazkur ta’riflarda asosiy vositalar faqat ishlab chiqarish siklida qatnashashi
e’tirof etilgan. Biroq, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan noishlab chiqarish
jarayonida ham asosiy vositalardan foydalaniladi.
Shu bois, fikrimizcha
quyidagicha ta’rif berilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi: “Asosiy vositalar – bu
mehnat vositalari bo‘lib, moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish
sohasida ham ishtirok etadigan va korxonada uzoq muddat davomida xizmat
qiladigan, eskirish hisoblanadigan hamda natural shaklini saqlab qoluvchi moddiy
aktivlarga aytiladi”.
Bugungi kunda barcha sohalarda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini asosiy
vositalarning ishtirokisiz tashkil etib bo‘lmaydi. Chunki, asosiy vositalar faoliyatni
tashkil etishda muhim omillardan biri bo‘lib katta ahamiyatga ega.
Shu boisdan,
asosiy vositalar holati va ulardan foydalanish samaradorligini tahlil qilib o‘rganish
muhim hisoblanadi. Tahlil natijasida asosiy vositalar holatini yaxshilash va ulardan
samarali foydalanish darajasini oshirish imkoniyatlari aniqlanadi.
54
Vahobov A.V., Ibragimov A.T “Moliyaviy tahlil”. T.: ”Sharq” 2002 yil -113 b.
55
Pardaev M.Q., Abdukarimov I.T., Isroilov B.I “Iqtisodiy tahlil”. T.: ”Mehnat” 2004 yil – 139 b.
56
Vahobov A.V., Ibrohimov A.T., Ishonqulov N.F “Moliyaviy va boshqaruv tahlili”. T.: ”Sharq” 2005 yil – 287 b.
168
Asosiy vositalar tahlilining maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda asosiy
vositalar holatini o‘rganish asosida ular bilan ta’minlanish darajasini yaxshilash va
foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatib berish hisoblanadi.
Asosiy vositalar tahlilidan ko‘zlangan maqsadga quyidagi vazifalarni hal
qilish orqali erishiladi:
-
asosiy vositalarning tarkibi, tuzilishi va dinamik o‘zgarishlariga baho
berish;
Dostları ilə paylaş: