191
Fermer xo‘jaligining debitorlik qarzlarini asosiy qismi “Xaridorlar va
buyurtmachilarning qarzi” 11401 ming so‘mni, “Mol yetkazib beruvchi va
pudratchilarga berilgan bo‘naklar” 6891 ming so‘mni va “Boshqa debitorlik
qarzlari” 3938 ming so‘mni tashkil etmoqda. Shuningdek,
kreditorlik qarzlari
tarkibiga ham e’tibor beradigan bo‘lsak, uning asosiy qismini “Mol yetkazib
beruvchilar va pudratchilardan qarzlar” 4657 ming so‘mni, “Olingan bo‘naklar”
4945 ming so‘mni, “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz” 4614 ming so‘mni,
“Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz” 3890 ming so‘mni va
“Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarz” 3395 ming so‘mni tashkil qilmoqda.
Bu shundan dalolat beradiki, fermer xo‘jaligida to‘lov imtizomi yaxshi
yo‘lga qo‘yilmagan. Ayniqsa, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi
qarzlar, davlat byudjeti oldida soliq va yig‘imlar, maqsadli davlat fondlariga
to‘lovlar va mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarzlar
yetarli darajada amalga
oshirilmagan. Buning oqibatida fermer xo‘jaligiga nisbatan kelgusida iqtisodiy
jarima va moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin. Bu esa, fermer xo‘jaligining
moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Umuman olganda, “Sharq” fermer xo‘jaligi rahbariyati debitorlik qarzlarni
kamaytirish, ya’ni undirish, ularni nazorat qilish choralarini va kreditorlik
majburiyatlarni qisqartirish, ya’ni to‘lash choralarini ko‘rishi lozim. Aks holda, bu
fermer xo‘jaligining moliyaviy holati yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Xo‘sh debitorlik va kreditorlik qarzlari
qanday yuzaga keladi. Ularning kelib chiqish sabablari nima?
To‘g‘ri yuqorida debitorlik va kreditorlik qarzlari bevosita xo‘jalik
yurituvchi subyekt bilan boshqa xo‘jalik subyekti o‘rtasidagi o‘zaro
hisob-
kitoblardan kelib chiqadi deb ta’kidlab o‘tdik. Endi, ushbu o‘zaro hisob-kitob
muomalalariga kengroq to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Ya’ni, debitorlik va kreditorlik
qarzlarining qanday yuzaga kelishini bayon qilamiz.
Debitorlik qarzlari xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan xaridor va
buyurtmachilar o‘rtasida mahsulot (ishlar, xizmatlar)lar yetkazib berish yoki
192
xizmat ko‘rsatish munosabatlarida, alohida bo‘linmalar, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik
jamiyatlari bilan o‘zaro
hisob-kitob munosabatlarida,
xodimlar bilan berilgan
mehnat haqi ko‘rinishidagi, xizmat safari, umumxo‘jalik xarajatlari uchun hisobdor
shaxslarga va xodimlarga berilgan boshqa bo‘naklar ko‘rinishidagi o‘zaro hisob-
kitob munosabatlarida, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga tovar-moddiy
zaxiralar, uzoq muddatli aktivlar uchun berilgan bo‘nak to‘lovlari ko‘rinishida,
byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari hamda
maqsadli davlat jamg‘armalariga va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari
ko‘rinishida, ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi
ko‘rinishidagi, xodimlarning kreditga sotilgan tovarlar,
berilgan qarzlar, moddiy
zararni qoplash va boshqa xodimlarning qarzlari ko‘rinishida hamda boshqa turli
debitorlar bilan bo‘ladigan munosabatlarda yuzaga keladi.
Kreditorlik qarzlari esa, xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan mol yetkazib
beruvchi va pudratchilar o‘rtasida yetkazib berilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va
ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha hisob-kitob munosabatlarida,
sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari bilan o‘zaro hisob-kitob munosabatlarida,
byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, davlatning maqsadli
jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitob munosabatlari, xodimlar bilan
mehnatga haq to‘lash bo‘yicha o‘zaro munosabatlarda va turli kreditorlar bilan
hisob-kitob munosabatlari orqali vujudga keladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarining kelib chiqish bo‘yicha quyidagi asosiy
sabablarni keltirish mumkin:
-
o‘zaro hisob-kitoblarda tomonlarning to‘lov qobiliyatiga ega emasligi;
-
xo‘jalik yurituvchi subyektlarda mulk va unga egalik qilish hissining
pastligi;
-
o‘zaro hisob-kitoblarda shartnomaviy munosabatlarning yaxshi yo‘lga
qo‘yilmaganligi;
-
hisob-kitob muomalalari o‘z vaqtida hisobga olinmaganligi;
-
tomonlardan birining amaldagi normativ-huquqiy
hujjatlarda belgilangan
193
qoidalarni to‘g‘ri talqin qilolmasligi;
-
hisob-kitoblar zamonaviy shakllari cheklanganligi.
Shuningdek, moliyaviy tahlilda muddati uzaytirilgan debitorlik va
kreditorlik qarzlarining yuzaga kelishiga ham alohida ahamiyat beriladi. Chunki,
muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy
barqarorligining buzilishiga, moliyaviy holatining yomonlashuviga olib kelishi
mumkin.
Ma’lumki, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga ko‘ra debitorlik va
kreditorlik qarzlarini undirib olish muddati 3 oy yoki 90
kalendar kun qilib
belgilangan. Ushbu belgilangan muddatdan keyin debitorlik va kreditorlik qarzlari
nazoratga olinishi hamda ularning holati bo‘yicha qonunchilikda ko‘zda tutilgan
javobgarlik shartlari (ma’muriy va moliyaviy) belgilanishi zarur.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarish muddati sifatida
xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan boshqa yuridik shaxslar o‘rtasida ham, jismoniy
shaxslar o‘rtasida ham 3 yil muddat qilib belgilangan. Ushbu muddatda
to‘lanmagan yoki undirib olinmagan qarzlar xo‘jalik yurituvchi subyektning foyda
va zararlariga olib boriladi. Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini
foyda va zararlar qatoriga olib borish shartlari amaldagi normativ-huquqiy
hujjatlarda qat’iy belgilangan.
Dostları ilə paylaş: