188
-
debitorlik va kreditorlik qarzlarining umumiy holatiga va ular o‘rtasidagi
tenglik nisbatiga baho berish;
-
debitorlik qarzlarining tarkibi, tuzilishi va dinamik o‘zgarishlariga baho
berish;
-
kreditorlik qarzlarining tarkibi, tuzilishi va dinamik o‘zgarishlariga baho
berish;
-
debitorlik va kreditorlik qarzlarining aylanuvchanligi va uning
o‘zgarishiga baho berish;
-
muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining mavjudligini
aniqlash va ularni tugatish yo‘llarini o‘rganish;
-
debitorlik qarzlarini undirish va kreditorlik qarzlari to‘lash bo‘yicha
mavjud imkoniyatlarni ko‘rsatib berish.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili tegishli axborot manbalaridan
foydalanish asosida amalga oshiriladi. Bunday axborot manbalari bo‘lib
quyidagilar hisoblanadi:
-
“Buxgalteriya balansi” ma’lumotlari;
-
debitorlik va kreditorlik qarzlarini aks ettiruvchi buxgalteriya hisobining
tegishli schyotlar ma’lumotlari.
Dostları ilə paylaş: