298
hujjatlariga muvofiq boshqacha usullarda ham amalga oshirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan
tartibga solish quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
-
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi;
-
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining tengligi;
-
savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yo‘l
qo‘yilmasligi;
-
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik;
-
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari
davlat tomonidan himoya qilinishi.
Shunday qilib, tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish
davlatning vakolatli organlari tomonidan tegishli chora-tadbirlar majmuasini ishlab
chiqish va uni bajarilishini ta’minlash jarayonini o‘zida aks ettiradi. Boshqacha
aytganda, tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi har bir
mamlakat tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy vazifasini, ya’ni milliy iqtisodiyotni
rivojlanish samaradorligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishni
ko‘zda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: