14.3. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligining tahlili
Qayta ishlash korxonalari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini o‘rganishda
mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonining bir maromda ketishini tahlil qilib
o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Maromiylik - bu mahsulotning tasdiqlangan
grafikka binoan bir xilda, rejada ko‘zda tutilgan hajmda va assortimentda ishlab
chiqarilishi va sotilishidir.
Qayta ishlash korxonalarida mahsulot ishlab chiqarishni bir maromda tashkil
etish mahsulotlarning o‘z vaqtida ishlab chiqarilishi va sotilishining muhim sharti
hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish maromining buzilishi barcha iqtisodiy
ko‘rsatkichlarni yomonlashtiradi, mahsulot sifati pasayadi, tugallanmagan ishlab
chiqarish hajmi va omborda tayyor mahsulotlar qoldig‘i ko‘payadi. Buning
natijasida mablag‘lar aylanishi sekinlashadi, shartnomaviy majburiyatlar
bajarilmaydi va turli moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishiga olib keladi, mahsulot
sotishdan olinadigan tushum o‘z vaqtida kelmaydi va uning natijasida pul oqimlari
325
muvozanati buziladi hamda boshqa salbiy ko‘rsatkichlar yuzaga keladi. Bularning
bari mahsulot tannarxining ko‘tarilishi, foyda summasining kamayishi va natijada
korxona moliyaviy ahvolining yomonlashishiga olib keladi.
Mahsulot ishlab chiqarishni bir maromda tashkil etish rejasining bajarilishini
baholash uchun bevosita va bilvosita ko‘rsatkichlardan foydaniladi. Bevosita
ko‘rsatkichlarga
–
maromiylik koeffitsiyenti, variasiya koeffitsiyenti, maromsizlik
koeffitsiyenti, jami mahsulot chiqarishda
n
-davr uchun mahsulot ishlab chiqarish
ulushi kabi ko‘rsatkichlar kiradi.
Bilvosita ko‘rsatkichlar –
ishdan tashqari mehnat uchun qo‘shimcha haq
to‘lash, korxona aybi bilan bekor turib qolishlar, brak sababli yo‘qotishlar,
mahsulotlarning to‘liq yetkazib berilmaganligi va o‘z vaqtida yetkazib
berilmaganligi uchun jarimalar to‘lash va h.k.
Qayta ishlash korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish maromiyligini tahlil
etishda har o‘n kunlikda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning oylik mahsulotda
tutgan ulushi hisoblanadi va aniqlangan ma’lumotlar reja ko‘rsatkichlari bilan
taqqoslanib, faoliyatning maromida bo‘layotganligiga baho beriladi.
Mahsulot ishlab chiqarish faoliyatining maromiyligiga baho berish
maqsadida maromiylik koeffitsiyenti, maromsizlik koeffitsiyenti va variasiya
koeffitsiyenti kabi ko‘rsatkichlarga to‘xtalib o‘tamiz.
Eng ko‘p tarqalgan ko‘rsatkichlardan biri maromiylik koeffitsiyenti har bir
davr uchun (lekin rejalashtirilgan darajadan oshmagan) mahsulot ishlab
chiqarishning haqiqiy ulushini jamlash bilan aniqlanadi:
K
m
= 30,0 + 33,0 + 36,0 = 99,0 %
yoki
Maromiylik hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatini rejadagi
mahsulot ishlab chiqarish qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi:
K
m
= 44468 : 45000 = 0,99 yoki 99 %
|