331
haqiqatda rejaga nisbatan mahsulot sifatining oshishi natijasida 87 so‘mga oshgan.
Bu “A” turdagi mahsulotni sotishdan olingan pul tushumi rejaga nisbatan
haqiqatda 2504817 (87 × 28791) so‘mga ortganligidan dalolat beradi.
Boshqa sotilgan mahsulot turlar bo‘yicha ham shunday tartibda hisob-kitob
qilish orqali o‘rganiladi va tahlil natijalari umumlashtirilgan holda mahsulotlar
sifatiga baho beriladi hamda uni yaxshilash bo‘yicha oqilona boshqaruv qarorlari
qabul qilinadi. Chunki, mahsulot sifatining yaxshilanishi korxona mahsulotiga
bo‘lgan talabning ko‘payishiga, raqobatbardoshligini oshishiga, sotish hajmining
ko‘payishi va foyda miqdorining oshishiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan
biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: