R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Moliyaviy tahlil fanining predmeti



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

1.2. Moliyaviy tahlil fanining predmeti 
Har qanday o‘quv fanida predmet (o‘rganadigan sohasi, undagi 
muammolar), metod (o‘rganish usullari va qo‘llaniladigan amallarning ilmiy 
asoslangan majmui), obyekt, funksiyalar va prinsiplar kabi muhim elementlari 
shakllangan bo‘lishi lozim. Shu bois, boshqa iqtisodiy fanlar kabi «Moliyaviy 
tahlil» fani ham o‘zining predmetiga ega bo‘lishi kerak. Fanning predmeti faqat 
shu fanga xos bo‘lib, boshqa fanlarda takrorlanmasligi lozim. 
«Moliyaviy tahlil» fanini predmeti umumiy qilib aytganda tahlil 
qilinayotgan obyektning moliya-xo‘jalik faoliyati hisoblanadi. Lekin, boshqa 
iqtisodiy («Moliyaviy hisobi», «Boshqaruv hisobi» «Statistika», «Moliya», 
«Audit») fanlarning ham predmeti keng ma’noda moliya-xo‘jalik faoliyati 
hisoblanadi. Boshqa iqtisodiy fanlar ham moliya-xo‘jalik faoliyatida sodir 
bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning u yoki bu jihatini o‘rganadi. Demak, 
har bir fanning, xususan, «Moliyaviy tahlil» fanini o‘ziga xos jihatini, unga tegishli 
predmetini aniqlab olish lozim. Bu esa, shu fan nimani o‘rganadi degan savolga 
javob beradi. 
Iqtisodchi olimlarning ilmiy va o‘quv-uslubiy asarlarida keltirilgan 
ma’lumotlarni tahlil qilib o‘rganish natijasida shuni xulosa qilish mumkinki, ular 
tomonidan bu fan «Iqtisodiy tahlil» nomi bilan atalib, uning predmetiga 
quyidagicha 
ta’rif berilgan. Jumladan, A.V.Vahobov, A.T.Ibrohimov, 
B.Xakimovlar «Iqtisodiy tahlil fanining predmeti – korxona, firma, uyushma, 
birlashmalarni xo‘jalik jarayonlarini ularga ta’sir etuvchi subyektiv va obyektiv 
omillar asosida, mazkur voqeliklarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi vositasida, 
xo‘jalik subyektlarining faoliyatini ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi va ular 
faoliyatining yakuniy moliyaviy natijalarini o‘rganadi»
6
deb ta’rif berganlar. 
Yana bir iqtisodchi olim E.Ergeshev «Boshqa fanlar singari «Iqtisodiy 
tahlil» fani ham o‘zi asoslanadigan iqtisodiy tahlil mazmuniga ko‘ra tavsiflanuvchi 
predmetga ega. Savdo korxonalari xo‘jalik faoliyati tahlili predmeti deb bunday 
6
A.V.Vahobov, A.T.Ibrohimov, B.Xakimov. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. -T.: «Toshkent Moliya instituti», 2003, 176 
b (28 b). 


27 
korxonalardagi xo‘jalik jarayonlari hamda ushbu jarayonlar natijalarini, obyektiv 
va subyektiv omillarga bog‘liqligi va bu bog‘liqlikning tegishli iqtisodiy 
axborotnomalarda aks ettirilishiga aytiladi»
7
deb ta’kidlaydi. 
T.Q.Qudratov, M.M.Ibrohimov, Z.N.Karimovalar esa «Iqtisodiy tahlil 
fanining predmeti bo‘lib, barcha korxonalar faoliyatida obyektiv va subyektiv 
omillar ta’sirida ro‘y bergan va sodir bo‘layotgan iqtisodiy jarayonlar va ularning 
natijalari hisoblanadi. Boshqacha aytganda, tahlil obyektiv va subyektiv omillar 
ta’siri ostida sodir bo‘lgan va bo‘layotgan jarayonlarning holati va harakatini 
hamda ularning natijalarini o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganadi. Tahlil o‘z predmetini 
o‘rganishda iqtisodiy axborotlardan foydalanadi, ya’ni iqtisodiy axborotlar asosida 
jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi keng qamrovda o‘rganiladi»
8
deb ta’kidlaganlar. 
Iqtisodchi olimlar M.Q.Pardaev., J.I.Isroilov va B.I.Isroilovlarning 
ta’riflashicha «Iqtisodiy tahlil fanining predmeti – xo‘jalik faoliyatida obyektiv 
(tashqi) va subyektiv (ichki) omillar ta’sirida sodir bo‘lgan, bo‘layotgan va 
bo‘ladigan ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni ma’lumotlar manbaida ifodalangan 
ko‘rsatkichlar tizimi orqali uning holatiga baho berish va yaxshilash yo‘llarini 
ishlab chiqishni o‘rganishdan iboratdir». 
Demak, tahlil fanini predmetiga yuqorida mazmunan bir-biriga yaqin 
bo‘lgan ta’riflar berilgan. Umumiy mazmunda shu narsa ko‘rinadiki, iqtisodiy 
tahlil fani xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik jarayonlari va 
ularning natijalarini o‘rgangan holda yaxshilash yo‘llarini ishlab chiqishni 
o‘rganishdan iborat ekan. 
2000-yillarning boshlarida «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» va «Ta’lim 
to‘g‘risida»gi qonunlar asosida Oliy ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar 
natijasida iqtisodiy tahlil fanini negizida «Moliyaviy va boshqaruv tahlili» nomi 
bilan davlat ta’lim standartlariga kiritilib, o‘quv jarayoniga mustaqil fan sifatida 
tatbiq etildi. Bu yangi o‘zgarishlarni nazarda tutgan holda 2005 yilda iqtisodchi 
olimlar A.V.Vahobov, A.T.Ibrohimov, N.F.Ishonqulovlar tomonidan «Moliyaviy 
7
E.Ergeshev Iqtisodiy va moliyaviy tahlil. -T.: «Toshkent tezkor bosmaxonasi», 2005. 345 bet. (7 b). 
8
T.Q.Qudratov, M.M.Ibrohimov, Z.N.Karimova Iqtisodiy tahlil. -T.: «Ilm Ziyo», 2005. -200 bet. (7 b). 


28 
va boshqaruv tahlili» nomli darslikni yaratdilar. Ushbu darslikda iqtisodchi olimlar 
««Moliyaviy va boshqaruv tahlili» fanining predmeti deb – turli mulk shaklidagi 
korxona, uyushma, birlashma va hokazolarning moliyaviy-xo‘jalik jarayonlarini 
sodir bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zgarishini ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi hamda 
moliyaviy barqarorligi, to‘lov qobiliyati, raqobatga chidamli bo‘lib faoliyat 
ko‘rsatishi uchun zarur texnik, tashkiliy, moddiy, moliyaviy, innovatsion 
boyliklaridan oqilona foydalanayotganligiga baho berishga aytiladi. Bunday 
o‘rganishda jamiyatda amal qilayotgan obyektiv va subyektiv qonunlarga tayanadi 
hamda ko‘pgina axborot manbalaridan foydalanadi»
9
deb aytib o‘tganlar. 
Mazkur ta’rifdan ko‘rinadi-ki, mazkur fan ham korxonalarning moliyaviy-
xo‘jalik faoliyatini o‘rganib, qanday samaradorlikka erishishini ko‘rsatib beradi. 
Biroq, 2014-yilda davlat ta’lim standartlariga va malaka talablariga 
o‘zgartirish kiritilishi munosabati bilan iqtisodchi olimlarning tavsiyalariga ko‘ra 
bu fan yana qayta «Iqtisodiy tahlil» fani sifatida o‘quv rejaga kiritildi va o‘quv 
jarayoniga tatbiq etildi. 
2016-yilda 5230900 – «Buxgalteriya hisobi va audit» yo‘nalishi uchun 
malaka talablari qaytadan ishlab chiqilib tasdiqlandi. Xorijiy davlatlarda ushbu 
fanning nomlanishi va o‘qitilishi o‘rganilgan holda yangidan ishlab chiqilgan va 
tasdiqlangan malaka talablari hamda o‘quv rejasiga mazkur fan «Moliyaviy tahlil» 
nomi bilan kiritildi. Chunki, tahlil natijalari shuni ko‘rsatadi-ki, xorijiy davlatlarda 
boshqaruv tahlilidan farqli ravishda moliyaviy tahlil alohida fan sifatida 
shakllangan. 
Shu o‘rinda haqli bir savol tug‘iladi: 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin