R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

Xo‘sh moliyaviy tahlil nima va u 
nimani o‘rgatadi?
.
Iqtisodchi olimlarning ilmiy va o‘quv-uslubiy asarlarini o‘rganish 
natijalariga asoslangan holda shuni aytish mumkin-ki, moliyaviy tahlilga ularning 
yondashuvlari mazmun jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lib, turlicha bayon qilingan. 
Jumladan, xorijlik iqtisodchi olimlar A.I.Alekseeva, Yu.V.Vasilev, A.V.Maleeva 
9
A.V.Vahobov, A.T.Ibragimov, N.F.Ishonqulov. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. -T.: «Sharq» NMAK, 2005 -479 
bet. (38 b). 


29 
va L.I.Ushviskiylar tomonidan quyidagicha ta’rif berilgan: «Moliyaviy tahlil ichki 
axborot manbalaridan foydalanish imkoniga ega bo‘lmagan tashqi subyektlar 
tomonidan o‘tkaziladigan tahlildir»
10

L.E.Basovskiy, A.M.Lunyova va A.L.Basovskiylar «Moliyaviy tahlil e’lon 
qilinadigan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida o‘tkaziladigan tahlildir»
11
deb 
ta’riflashgan. 
O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlarning asarlarida ham moliyaviy tahlilga 
yondashuvlar mavjud bo‘lib, xususan iqtisodchi olim M.Q.Pardaev tomonidan 
moliyaviy tahlilga quyidagicha ta’rif beriladi: “Moliyaviy tahlil – xo‘jalik 
yurituvchi subyekt moliyaviy natijalari va moliyaviy holatini o‘rganishga 
bag‘ishlangan tahlildir”
12

Iqtisodchi olim E.Akramov esa «Moliyaviy tahlil – korxonalarning ochiq 
tarzdagi moliyaviy hisobotlar ma’lumotlariga asoslanib o‘tkaziladigan tahlildir» 
deb ta’riflaydi. 
Iqtisodchi olimlar E.Ergeshev va X.M.Davlyatovlar moliyaviy tahlilning 
maqsadini quyidagicha ifodalashadi: «Moliyaviy tahlilning maqsadi hisobot 
ma’lumotlari orqali korxona xo‘jalik faoliyatida o‘tgan davrda, tahlil qilinayotgan 
vaqtda erishilgan hamda kelgusida erishiladigan moliyaviy natijalar hamda 
moliyaviy holatga har tomonlama baho berishdan iborat»
13

Yuqoridagi iqtisodchi olimlardan farqli ravishda iqtisodchi olim 
M.Yu.Raximov «Moliyaviy tahlil – moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida firma 
va kompaniyalarning moliyaviy holatiga iqtisodiy tashxis qo‘yishni tavsiflaydi. 
Moliyaviy tahlilda firma va kompaniyalar mulki, kapitali va majburiyatlarining 
holatiga, faoliyat natijaviyligiga, asosiy va aylanma kapital holatiga va 
samaradorligiga, pul mablag‘lari va xususiy mablag‘larning holatiga baho 
beriladi»
14
deb ta’kidlangan holda uning predmetini «Moliyaviy tahlilning 
10
А.И.Алексеева, Ю.В.Васильев, А.В.Малеева, Л.И.Ушвицкий Комплексный экономический анализ 
хозяйственный деятельности. М.: «Финансы и статистика», 2006 г., - 16 с. 
11
Л.Е.Басовский, А.М.Лунёва, А.Л.Басовский Экономический анализ. М.: «ИНФРА-М», 2008 г., - 7 с. 
12
Pardaev M.Q. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. Sam.: «Zarafshon», 2001 y., - 183 b. 
13
Ergeshev E. Davlyatov X.M. Iqtisodiy va moliyaviy tahlil. –T.: «Adolat», 2010. – 101 b. 
14
Raximov M.Yu. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili. – T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2013. -31 b. 


30 
predmeti (obyekti) deb – firma va kompaniyalarni moliyaviy holatini yakuniy 
hisobot shakllarida ifodalangan axborotlarga tayangan holda aniq ko‘rsatkichlar 
tizimida, ichki va tashqi omillarga bog‘liq ravishda davriy o‘rganishga aytiladi»
15
deb ta’riflaydi. 
Yuqoridagi iqtisodchi olimlarning ilmiy va o‘quv-uslubiy asarlarida 
moliyaviy tahlilga yondashuvlarini e’tiborga loyiqligini ta’kidlagan holda, o‘z 
fikrimizni quyidagicha bayon qilamiz: 
Moliyaviy tahlil
–xo‘jalik yurituvchi 
subyektning moliyaviy holatiga, moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga va 
samaradorligiga baho berish hamda yaxshilash imkoniyatlarini ko‘rsatish 
maqsadida buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari asosida o‘tkaziladigan 
tahlildir. 
Shunday qilib, moliyaviy tahlil fanining predmetiga quyidagicha ta’rif berish 
mumkin. «
«Moliyaviy tahlil» fanining predmeti
deganda buxgalteriya hisobi va 
hisobotida ifodalangan ko‘rsatkichlar asosida xo‘jalik yurituvchi subyektning 
moliyaviy holatiga, moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga va ularning o‘zgarishiga 
ta’sir ko‘rsatuvchi obyektiv va subyektiv omillar ta’sirini o‘rgangan holda baho 
berish va yaxshilash imkoniyatlarini ishlab chiqishni o‘rganishga aytiladi».
Fanning predmeti ta’rifidan ko‘rinib turibdiki, moliyaviy tahlil fani xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning moliyaviy holatini, moliya-xo‘jalik faoliyati natijalarini 
o‘rganar ekan. Bu jarayonda fan buxgalteriya hisobi va hisobotlarida ifodalangan 
ko‘rsatkichlarga tayanadi. Bu ko‘rsatkichlar esa axborot manbalarida o‘z aksini 
topadi. Shu bilan birga, berilgan ta’rifga ko‘ra moliyaviy tahlil fani predmetining 
markazida obyektiv va subyektiv omillarni o‘rganish lozimligi qayd qilinishi bejiz 
emas, chunki iqtisodiy jarayonlar o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Balki, ular ma’lum 
ichki va tashqi omillar ta’siri ostida ro‘y beradi. Shu bois, tahlilda xo‘jalik 
yurituvchi subyektning moliyaviy holatiga, moliya-xo‘jalik faoliyati natijasiga 
ta’sir qilgan ijobiy va salbiy omillarni o‘rganmasdan turib, unga to‘g‘ri baho berib 
bo‘lmaydi. Chunki, tahlildan maqsad mavjud natijaga to‘g‘ri baho berish bilan 
15
Raximov M.Yu. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili. – T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2013. -31 b. 


31 
birgalikda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni kelgusida bartaraf qilish va shu orqali 
tahlil qilinayotgan obyektning iqtisodiy va moliyaviy ahvolini yaxshilashdan 
iboratdir. 
Shu sababli, «Moliyaviy tahlil» fani moliya-xo‘jalik faoliyatining natijasiga 
ijobiy va salbiy o‘zgarishlarga omillar ta’sirini aniqlab, to‘g‘ri baho berish va 
xo‘jalik faoliyatini yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish 
lozimligini ko‘rsatadi. Bu xususiyatlar faqat tahlilga xos bo‘lganligi uchun ham 
uning predmetida natijaga va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatgan obyektiv va 
subyektiv omillarga to‘g‘ri baho berish va yaxshilash yo‘llarini ishlab chiqish 
lozimligi ko‘rsatilgan.
Boshqa fanlar singari moliyaviy tahlil fanini ham obyekti bo‘lishi lozim. Har 
qanday fanning obyekti uning predmeti qaerlarda amalga oshishini ko‘rsatib 
beradi. «Moliyaviy tahlil» fanini predmeti hozirgi bozor munosabatlari sharoitda 
mulkchilikka asoslangan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik 
faoliyatida mujassam. Shu sababli, moliyaviy tahlil fanini obyektiga davlat, 
korxonalar, tashkilotlar, fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar va boshqa xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning xo‘jalik jarayonlari kiradi. Bu obyektlar mulkchilik 
shakliga ko‘ra davlat, jamoa, aksiyadorlik, xususiy, xorijiy va aralash kabilarga 
bo‘linadi. Shu bilan bir qatorda moliyaviy tahlilning subyektlari ham bo‘lib, tahlil 
obyektini kim tomonidan o‘rganilishiga qarab belgilanadi, ya’ni hozirgi vaqtda 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini juda ko‘p mutaxassislar, mulkdorlar, 
davlat idoralari xodimlari tahlil qilib o‘rganadilar. Tahlil ishlarini amalga 
oshiruvchi tahlil subyektlari tarkibiga xo‘jalik yurituvchi subyektlarning boshqaruv 
xodimlari, buxgalterlar, iqtisodchilar, menejerlar, auditorlar, statistika idoralari, 
moliya tashkilotlari, texnik xizmat, marketing xizmati, bank va birjalar xodimlari 
kabilar kiradi. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin