387
darajalari hisob-kitob
qilish orqali aniqlanib,
moddiy resurslar bilan
ta’minlanganlik darajasiga baho beraladi. Bunda mol yetkazib beruvchilardan
olingan materiallarning sifati,
ularning standartlari, texnik talablarga muvofiqligi
va shartnomada belgilangan tomonlarning huquq va majburiyatlari ham
o‘rganiladi.
Tahlilning
keyingi
bosqichida
moddiy
resurslardan
foydalanish
samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlil qilib o‘rganiladi. Ushbu
ko‘rsatkichlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
-
moddiy resurslar qaytimi;
-
moddiy resurslar sig‘imi;
-
moddiy resurslar rentabelligi.
Moddiy resurslar qaytimi deganda bir so‘mlik
moddiy xarajatlar hisobiga
ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi tushuniladi. Bu ko‘rsatkichning darajasi qancha
katta bo‘lsa, moddiy resurslardan foydalanish samaradorligining darajasi shuncha
yuqori bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot
hajmini sarflangan moddiy xarajatlar hajmiga bo‘lish kerak:
MQ = YaM : MX, (16.6)
Bunda: MQ- material qaytimi; YaM – ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmi;
MX – moddiy xarajatlar hajmi.
Moddiy resurslar sig‘imi ko‘rsatkichi moddiy resurslar
qaytimining aksini
ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, bir so‘mlik ishlab chiqarilgan mahsulot uchun sarf
bo‘lgan moddiy xarajatlar summasini ifodalaydi. Bunda mazkur ko‘rsatkich
qancha past bo‘lsa, moddiy resurslardan foydalanish samaradorligi shuncha yuqori
bo‘ladi. Ya’ni, 1 so‘mlik moddiy xarajat hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot
hajmi shuncha oshib boradi. Bu esa, korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyati
samaradorligining ortishiga olib keladi.
Bu ko‘rsatkich mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf bo‘lgan moddiy
xarajatlar hajmini ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmiga bo‘lish
orqali
aniqlanadi:
388
MS = MX : YaM, (16.6)
Bunda: MS- material sig‘imi.
Moddiy resurslar rentabelligi ko‘rsatkichi mahsulot ishlab chiqarish uchun
sarf bo‘lgan moddiy xarajatlarning har bir so‘mi hisobiga olingan foyda summasini
ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichning ham yuqori bo‘lishi korxonada moddiy resurslardan
foydalanish samaradorligi ortganligidan dalolat beradi. Ya’ni, 1 so‘mlik moddiy
xarajat hisobiga olingan foydaning oshishi, korxona
moliyaviy ahvolining ham
mustahkamlanishiga sababchi bo‘ladi.
Mazkur ko‘rsatkichni aniqlash uchun mahsulot
sotishdan olingan yalpi
foyda summasini mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf bo‘lgan moddiy xarajatlar
summasiga bo‘lish orqali aniqlanadi:
MR = YaF : MX, (16.7)
Bunda: MR- moddiy resurslar rentabelligi; YaF – mahsulot sotishdan olingan yalpi
foyda.
Moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi yuqoridagi
ko‘rsatkichlarni “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyat ma’lumotlari
asosida tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi
(16.9-jadval).
Dostları ilə paylaş: