424
4.
Soliq to‘langungacha olingan foyda. U umumxo‘jalik faoliyatidan olingan
foyda plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda va
minus zarar sifatida aniqlanadi;
5.
Yilning sof foydasi. U soliqlar to‘langunga qadar olingan foydadan
to‘lanadigan soliqni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar hamda
to‘lovlarni chegirib tashlagan holda aniqlanadi va xo‘jalik yurituvchi subyekt
ixtiyorida qoladi.
Yuqoridagi moliyaviy natija ko‘rsatkichlari,
ularni shakllanishi, moliyaviy
natijalar tahlilining maqsadi, tahlil vazifalari va axborot manbalari, moliyaviy
natija ko‘rsatkichlari va ularning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillar tahlili,
rentabellik ko‘rsatkichlari va ularning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
tahlili kabi masalalar 11-bobda atroflicha bayon qilindi.
Endi, ta’minot tashkilotlarining faoliyat xususiyatidan kelib chiqqan holda
moliyaviy natijalari tahliliga va uni xalqaro tajribalar asosida takomillashtirish
masalalariga to‘xtalib o‘tamiz.
Ta’minot tashkiloti moliyaviy natija ko‘rsatkichlaridan moliyaviy-xo‘jalik
faoliyati samaradorligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkich bu yalpi foyda ko‘rsatkichi
hisoblanadi.
Ta’minot tashkilotining yalpi foydasi yalpi daromad summasi bilan sotish
xarajatlari summasi orasidagi farqga teng bo‘ladi. Ta’minot tashkilotining foydasi
tovar aylanma hajmiga mutanosib ravishda o‘zgaradi.
Bu yerda, tovar aylanma
hajmi va sotish xarajatlari miqdorining o‘zaro bog‘liqligi hisobga olinmaydi. Tovar
aylanma hajmi oshganida sotish xarajatlari kamayadi. Chunki, bunda odatda faqat
o‘zgaruvchan xarajatlar summasi o‘sib, doimiy xarajatlar summasi esa
o‘zgarmaydi. Aksincha, tovar aylanma hajmi pasayganda sotish xarajatlari doimiy
xarajatlarining katta qismi bir so‘mlik tovar aylanma hajmiga to‘g‘ri kelishi bois,
sotish xarajatlari oshib ketadi. Shu bois, xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan holda
ta’minot tashkilotining yalpi foydasini tahlil qilishga tizimli yondashishni
ta’minlash maqsadida quyidagi formuladan foydalanish lozim:
425
YaF = TA×Ds – DSX, (17.9)
Bunda: YaF –
yalpi foyda; Ds – 1 so‘mlik tovar aylanma hajmiga to‘g‘ri keladigan
marjinal daromad stavkasi; DSX – doimiy sotish xarajatlari summasi.
Marjinal daromadning o‘rtacha stavkasi (DC) o‘z navbatida o‘rtacha yalpi
daromadga (O‘YaD) va o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlar (O‘O‘X)ga bog‘liq :
Ds = O‘YaD – O‘O‘X, (17.20)
Yalpi daromadning o‘rtacha darajasiga umumiy tovar aylanma hajmidagi
alohida tovarlar turlarining ulushi (Ul
i
) va i-nchi tovar turiga quyilgan ustamaning
miqdori (O‘YaD
i
) ta’sir ko‘rsatadi:
O‘YaD = Σ Ul
i
×O‘YaD
i
, (17.21)
Tovar aylanma hajmi sotilgan tovarlar miqdori (massasi) (q) va tovarlar
bahosiga (r) bog‘liq:
TA = Σq×p, (17.22)
Shundan so‘ng, ta’minot tashkiloti yalpi foydasining omilli modeli quyidagi
ko‘rinishda bo‘ladi:
YaF = Σq×p×[ Σ (Ul
i
×O‘YaD
i
) – O‘O‘X
i
] – DX, (17.23)
Ushbu model sotilgan
tovarlarning fizik hajmi, bahosi, tovar aylanma
strukturasi, i-nchi tovarlar bo‘yicha yalpi daromad darajasi, o‘zgaruvchan sotish
xarajatlarining o‘rtacha darajasi va doimiy xarajatlar hajmi hisobiga yalpi
foydaning qanday o‘zgarganligini aniqlashga imkon beradi.
17.12-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida «Zanjirli bog‘lanish»
usuli
yordamida yalpi foydaning o‘zgarishiga yuqoridagi omillarning ta’sir darajalarini
hisoblash mumkin. Buning uchun dastavval barcha omillarning rejadagi
ko‘rsatkichlarini qo‘llagan holda rejadagi yalpi foyda summasini aniqlaymiz:
YaF
r
= 2213970·(30-11,92)/100-145585 = 254607 ming so‘m
Shundan so‘ng, haqiqatdagi sotish hajmi, ammo tovarlarning rejadagi sotish
bahosi va barcha boshqa omillarning rejadagi qiymatlari bo‘yicha yalpi foyda
summasini aniqlaymiz:
YaF
sh1
= 2008856·(30-11,92)/100-145585 = 217616 ming so‘m