431
Aniqlangan ikkinchi shartli ko‘rsatkichdan birinchi shartli ko‘rsatkichni
chegirish asosida tovarlarni sotish bahosi o‘zgarishining ta’siri aniqlanadi. Mazkur
hisob-kitobni bajarish orqali tovarlarni sotish bahosining o‘zgarishi hisobiga sotish
rentabelligi 1,09 (11,92-10,83) foizga oshganligini ko‘ramiz.
Endi, o‘rtacha yalpi daromad ko‘rsatkichi va foyda summasining tovar
aylanma hajmi strukturasi hisobiga o‘zgarishini aniqlash zarur. Bunda tovar
aylanmasining haqiqiy hajmi va strukturasi,
ammo tovarlarga quyiladigan
ustamaning rejadagi ko‘rsatkichi bo‘yicha yalpi daromadning o‘rtacha darajasi
quyidagicha aniqlanadi:
O‘YaD
sh
= Σ Ul
ix
× O‘YaD
ir
/ 100 = 30,734 %
Shundan keyin uchinchi shartli sotish rentabelligi ko‘rsatkichi quyidagicha
hisob-kitob qilinadi:
R
sh3
= (2363360·(30,734-11,92)/100-145585) / 2363360 = 12,65 %
Shunday qilib, tovar aylanma hajmi strukturasining o‘zgarishi hisobiga
sotish rentabelligi ko‘rsatkichi 0,75 (12,65-11,92) foizga oshgan.
Shundan so‘ng haqiqiy tovar oboroti hajmi, uning haqiqiy strukturasi va
alohida tovarlarga quyiladigan
ustamalarning haqiqiy summasi, ammo rejadagi
o‘zgaruvchan xarajatlar va rejadagi doimiy sotish xarajatlari bo‘yicha turtinchi
shartli sotish rentabelligi ko‘rsatkichini aniqlaymiz:
R
sh4
= (2363360·(33-11,92)/100-145585) / 2363360 = 14,92 %
Demak, tovarlarga qo‘yilgan ustamaning rejaga nisbatan (30 %) haqiqatda
3 (33-30) foizga o‘sishi, sotish rentabelligi ko‘rsatkichini 2,27 (14,92-12,65) foizga
oshishiga ta’sir ko‘rsatgan.
Endi doimiy sotish xarajatlaridan tashqari barcha omillar bo‘yicha haqiqiy
ko‘rsatkichlarga asosan beshinchi shartli sotish rentabelligi ko‘rsatkichini
aniqlaymiz:
R
sh5
= (2363360·(33-11,87)/100-145585) / 2363360 = 14,97 %
Mazkur natijadan turtinchi shartli rentabellik ko‘rsatkichini chegirish shuni
ko‘rsatadiki, o‘zgaruvchan sotish xarajatlarining rejadagi 11,92 foizdan, haqiqatda
432
11,87
foizgacha
pasayishi
hisobiga
sotish
rentabelligi
ko‘rsatkichi
0,05 (14,97-14,92) foizga oshgan.
Tahlilning
so‘nggi bosqichida sotish rentabelligining haqiqatdagi
ko‘rsatkichini aniqlash lozim. Ushbu ko‘rsatkich quyidagicha aniqlanadi:
R
sh
= (2363360·(33-11,87)/100-168523) / 2363360 = 14 %
U inflyasiya munosabati bilan doimiy sotish
xarajatlari summasi rejaga
nisbatan haqiqatda 22938 ming so‘mga ko‘payishi hisobiga sotish rentabelligi
ko‘rsatkichi 0,97 (14-14,97) foizga pasayganligini bildiradi.
Umuman olganda, sotish rentabelligining rejaga nisbatan 2,5 foizga oshishi
Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» AJ uchun ijobiy holat hisoblanadi. Agarda
sotish xarajatlari haqiqatda rejaga nisbatan 39454 (o‘zgaruvchan sotish xarajatlari
– 16516 ming so‘mga, doimiy sotish xarajatlari – 22938 ming so‘m) ming so‘mga
yoki 9,63 foizga oshmaganda edi, sotish rentabelligi ko‘rsatkichi rejaga nisbatan
bundanda yuqori ko‘rsatkichni tashkil etgan bo‘lardi.
Xulosa qilib aytganda, Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» AJda sotish
rentabelligini oshirish imkoniyatlari mavjud bo‘lib, bunday
imkoniyatlar sifatida
quyidagilarni keltirib o‘tishimiz mumkin:
-
yalpi daromad darajasini oshirish maqsadida tovarlar tannarxini va sotish
bahosini to‘g‘ri shakllantirish lozim. Bunda tovarlarning xarid qiymati va ularni
sotib olish hamda tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarni sotish xarajatlari tarkibiga
emas, balki tovarlar tannarxiga kiritish kerak. Shuningdek, tovarlarni turli sotish
usullaridan foydalangan holda yuqori savdo ustamalar orqali sotish choralarini
ishlab chiqish;
-
xarajatlarni ularni paydo qilgan obyektlari yoki ularni tashuvchilari, ya’ni
alohida tovar turlari bo‘yicha jamlab borish. Bu har bir tovar turi bo‘yicha
tannarxning to‘g‘ri shakllanishini ta’minlaydi.
-
sotish xarajatlari ustidan nazorat o‘rnatish va ularning o‘zgarishiga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qilib o‘rganish.
Bunda sotish xarajatlarini
o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlarga ajratgan holda o‘rganish lozim. Albatta, tahlil
433
natijalari asosida sotish xarajatlarining o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir
ko‘rsatganligi aniqlanadi va ularni kamaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar
ishlab chiqiladi.
Shunday qilib, xorij amaliyotida qo‘llanilayotgan uslub bo‘yicha sotish
rentabelligini omilli tahlil qilish (17.30-formula) natijalarini mamlakatimiz
tajribasi (17.24-formula) bilan taqqoslaganda, xorij amaliyotidagi tahlil uslubini
qo‘llash afzalroq deb hisoblaymiz. Chunki, unda model elementlarining, jumladan
sotish hajmi, xarajatlar va foydaning o‘zaro aloqadorligi to‘liqroq hisobga olinadi.
Bu o‘z navbatida omillarning ta’sirini aniqroq baholashni
va tahlil samarasi
yuqoriroq bo‘lishini ta’minlaydi. Umuman, sotish rentabelligini tahlil qilishning
har xil uslublarini qo‘llash, ularning xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish, sotish
xarajatlarini doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarga bo‘lishga asoslangan uslubning
afzalligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, ta’minot tashkilotining xo‘jalik jarayonlarini
samaraliroq boshqarish bo‘yicha menejerlarga tavsiyalar ishlab chiqish imkonini
ham beradi.
Dostları ilə paylaş: