40
NAZORAT SAVOLLARI
1.
Tahlil fanining vujudga kelishi va fan sifatida
rivojlangunga qadar qanday
evolyusion yo‘lni bosib o‘tgan?
2.
Tahlil fani Respublikamizda qachondan shakllana boshlagan va fan sifatida
vujudga kelgan?
3.
Moliyaviy tahlilning zarurligi va muhimligini aytib bering?
4.
Moliyaviy tahlil fanining predmeti deganda nimani tushunasiz?
5.
Moliyaviy tahlil obyektlariga nimalar kiradi?
6.
Moliyaviy tahlil subyektlari kimlar?
7.
Moliyaviy tahlil maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
8.
Moliyaviy tahlil fanining qanday prinsiplari bor?
9.
Moliyaviy tahlilning qanday shakllari bor?
10.
Moliyaviy tahlil qaysi fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘rganiladi?
NAZORAT TESTLARI
1.
O‘zbekiston Respublikasida tahlil fanining yaratilish davrlari va ularning
yillari hamda davrlarning nomlanishi qaysi javobda to‘liq hamda ketma-
ketlikda berilgan?
A) 5 ta davrga bo‘linib: 1-davr XX-asrning 50-yillariga to‘g‘ri kelib,
fanning
tashkil topish davri deb
nomlangan; 2-davr XX-asrning 60-yillariga to‘g‘ri kelib,
sobiq ittifoq ichida o‘z o‘rniga ega bo‘lish va iqtisodiy tahlil maktabining
shakllanish davri deb nomlangan; 3-davr 70-yillarga to‘g‘ri kelib, iqtisodiy tahlil
maktabining yaratilish va ittifoq miqyosida matlubot kooperasiyasi tahlili
sohasini egallash davri
deb nomlangan; 4-davr 80-yillarning boshlariga to‘g‘ri
kelib, iqtisodiy tahlilning o‘zbek tilida yozilishi
va vujudga kelish davri deb
nomlangan; 5-davr 90-yillarga to‘g‘ri kelib, iqtisodiy tahlilning rivojlanish
yillari, iqtisodiy tahlil bo‘yicha asarlarning ko‘plab vujudga kelishi va chop
etilishi hamda bu bo‘yicha turli qarashlarning paydo bo‘lish davri hisoblangan
B) 4 ta davrga bo‘linib: 1-davr XX-asrning 70-yillariga to‘g‘ri kelib, sobiq ittifoq
ichida o‘z o‘rniga ega bo‘lish va iqtisodiy tahlil maktabining
shakllanish davri
41
deb nomlangan; 2-davr 80-yillarga to‘g‘ri kelib, iqtisodiy tahlil maktabining
yaratilish va ittifoq miqyosida matlubot kooperasiyasi tahlili sohasini egallash
davri deb nomlangan; 3-davr 90-yillarning boshlariga to‘g‘ri kelib,
iqtisodiy
tahlilning o‘zbek tilida yozilishi va vujudga kelish davri deb nomlangan; 4-davr
Mustaqillik yillariga to‘g‘ri kelib, iqtisodiy tahlilning rivojlanish yillari,
iqtisodiy tahlil bo‘yicha asarlarning ko‘plab vujudga kelishi va chop etilishi
hamda bu bo‘yicha turli qarashlarning paydo bo‘lish davri hisoblangan
C) 5 ta davrga bo‘linib: 1-davr XX-asrning 60-yillariga to‘g‘ri kelib, shakllanish
davri deb nomlangan; 2-davr XX-asrning 70-yillariga to‘g‘ri kelib, sobiq ittifoq
ichida o‘z o‘rniga ega bo‘lish va iqtisodiy tahlil maktabining shakllanish davri
deb nomlangan; 3-davr 80-yillarga to‘g‘ri kelib, iqtisodiy tahlil maktabining
yaratilish va ittifoq miqyosida matlubot kooperasiyasi tahlili sohasini egallash
davri deb nomlangan; 4-davr 90-yillarning boshlariga to‘g‘ri kelib, iqtisodiy
tahlilning o‘zbek tilida yozilishi va vujudga kelish davri deb nomlangan; 5-davr
Mustaqillik yillariga to‘g‘ri kelib, iqtisodiy tahlilning rivojlanish yillari,
moliyaviy tahlil bo‘yicha asarlarning ko‘plab vujudga kelishi va chop etilishi
hamda bu bo‘yicha turli qarashlarning paydo bo‘lishi davri hisoblangan
D) 3 ta davrga bo‘linib: 1-davr XX-asrning 60-70-yillariga to‘g‘ri kelib,
shakllanish davri deb nomlangan; 2-davr 80-90-yillarga to‘g‘ri kelib, iqtisodiy
tahlil maktabining yaratilish va ittifoq miqyosida matlubot kooperasiyasi tahlili
sohasini egallash davri deb nomlangan; 3-davr Mustaqillik yillariga to‘g‘ri kelib,
iqtisodiy tahlilning rivojlanish yillari, moliyaviy tahlil bo‘yicha asarlarning
ko‘plab vujudga kelishi va chop etilishi hamda bu bo‘yicha turli qarashlarning
paydo bo‘lish davri hisoblangan
Dostları ilə paylaş: