39
Statistika ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni asosan makro darajada talqin qilsa, tahlil
ularni mikro darajada o‘rganadi. Ya’ni statistika yirik bir to‘plamlar, guruhlarni
o‘rgansa, tahlil asosan bitta xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini o‘rganish
bilan cheklanadi. Demak, «Statistika» va «Moliyaviy tahlil» fanlari o‘zaro uzviy
aloqada bo‘lishi bilan birga, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega
hisoblanadi.
Moliyaviy tahlil «Pul va banklar» fani bilan ham uzviy bog‘liqlikda
o‘rganiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda sodir bo‘layotgan iqtisodiy
jarayonlarni moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlash, agarda o‘z mablag‘lari yetarli
bo‘lmasa qancha kredit olish va unga qancha foiz to‘lash kabi pul munosabatlari
bilan «Pul va banklar» fani shug‘ullanadi. O‘z mablag‘lari va qarz mablag‘laridan
samarali foydalanganlik kabi muhim jihatlari bilan moliyaviy tahlil fani
shug‘ullanadi. Bu yerda ikki fanning ham o‘rganish obyekti (moliyaviy
mablag‘lar) bir xil. Ammo birinchisida ushbu kategoriyaning mavjudligi va
ta’minoti o‘rganilsa, ikkinchisida undan foydalanish samaradorligi o‘rganiladi.
Shuningdek, «Moliyaviy tahlil» fani «Audit» fani bilan ham uzviy
bog‘liqdir. Audit va auditorlik faoliyati tushunchalari mustaqilligimizning
dastlabki yillaridan kirib keldi va qo‘llanila boshladi. Bugungi kunda «Audit»
mustaqil fan sifatida oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilib kelinmoqda. Shuni ta’kidlash
lozimki, har qanday holda ham audit moliyaviy hisobotda ifodalangan
ko‘rsatkichlarning to‘g‘ri shakllantirilganligiga baho berishi uchun ularni tahlil
qilib o‘rganishi lozim bo‘ladi. Chunki, asosli auditorlik xulosasi tahlil natijalariga
asoslangan holda shakllanadi. Bundan audit va tahlil bir-biri bilan uzviy
bog‘liqlikda ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Shuni ta’kidlash kerakki, tahlil juda ko‘p hollarda fanlar o‘rtasida ko‘prik
vositasini bajaradi. Biz yuqorida «Moliyaviy tahlil» faniga yaqin bo‘lgan iqtisodiy
fanlargagina to‘xtalib o‘tdik. Bundan tashqari moliyaviy tahlil huquqga doir va
tabiiy fanlar bilan ham o‘zaro aloqada bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: