R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

2.
 
Tahlil fanining O‘zbekiston Respublikasida vujudga kelishi va tarixiy 
taraqqiyot jarayonida atalgan nomlari qaysi javobda to‘g‘ri ketma-ketlikda 
aks ettirilgan? 
A) Balansni tahlil qilish, Hisobot tahlili, Iqtisodiy tahlil, Xo‘jalik faoliyati tahlili, 
Iqtisodiy tahlil, Moliyaviy va boshqaruv tahlili 


42 
B) Balansshunoslik, Balans talqini, Balansni tahlil qilish, Hisobot tahlili, Iqtisodiy 
tahlil, Sosial-iqtisodiy tahlil, Xo‘jalik faoliyati tahlili, Iqtisodiy tahlil, Moliyaviy 
va boshqaruv tahlili, Iqtisodiy tahlil, Moliyaviy tahlil 
C) Balansshunoslik, Balansni tahlil qilish, Hisobot tahlili, Sosial-iqtisodiy tahlil, 
Xo‘jalik faoliyati tahlili, Iqtisodiy tahlil, Moliyaviy va boshqaruv tahlili 
D) Hisobot tahlili, Balans talqini, Balansni tahlil qilish, Iqtisodiy tahlil, Xo‘jalik 
faoliyati tahlili, Iqtisodiy tahlil, Moliyaviy va boshqaruv tahlili 
3.
 
Moliyaviy tahlil – bu... 
A) xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatiga, moliya-xo‘jalik faoliyati 
natijalariga va samaradorligiga baho berish hamda yaxshilash imkoniyatlarini 
ko‘rsatish maqsadida buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari asosida 
o‘tkaziladigan tahlildir 
B) xo‘jlik yurituvchi subyektning statistik ma’lumotlari asosida o‘tkaziladigan 
tahlildir 
C) xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqaruv hisobi ma’lumotlariga asoslanib 
o‘tkaziladigan tahlildir 
D) Soliq hisobotlari asosida o‘tkaziladigan tahlildir
4. Moliyaviy tahlil fanining predmetiga qaysi javobda to‘g‘ri ta’rif berilgan? 
A) Moliyaviy tahlil fanining predmeti deganda hisobot davridagi ko‘rsatkichlar 
o‘tgan davrdagi hamda rejalashtirilgan ko‘rsatkichlar va turdosh korxonalar 
ko‘rsatkichlari bilan taqqoslab, ya’ni o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning 
dinamikasi tahlil qilish tushuniladi 
B) Moliyaviy tahlil fanining predmeti deganda xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
faoliyatining hisob va hisobotlar hamda hisobdan tashqari ma’lumotlar asosida, 
biznes rejaning asoslanganligi, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan 
oqilono foydalanish natijasida ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlashni, bularning 
barchasini iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimida ifodalash orqali ularni tizimli 
o‘rganishni, barcha omillarning ta’sirini hisoblashni ta’minlash tushuniladi 
C) Moliyaviy tahlil fanining predmeti deganda buxgalteriya hisobi va hisobotida 


43 
ifodalangan ko‘rsatkichlar asosida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy 
holatiga, moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga va ularning o‘zgarishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi obyektiv va subyektiv omillar ta’sirini o‘rgangan holda baho berish 
va yaxshilash imkoniyatlarini ishlab chiqishni o‘rganishga aytiladi 
D) Moliyaviy tahlil fanining predmeti deganda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bir 
qancha yillar mobaynida o‘zgarishini tahlil qilib, istiqbolli rejalarni tuzish, 
kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni oldindan belgilash uchun o‘tkazilishi 
tushuniladi 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin