R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

3. Taqsimlovchi schotlar.
Bu schotlar korxonaning ayrim turdagi 
xarajatlarini hisobga olish va tannarx obyektlariga taqsimlash maqsadida 
qo‘llaniladi. Taqsimlovchi schotlar o‘z navbatida yig‘ib-taqsimlovchi va 
nazorat-taqsimlovchi (hisobot davrlari oralig‘ida taqsimlovchi) schot-
larga bo‘linadi. 
Yig‘ib-taqsimlovchi schotlar ishlab chiqarishni boshqarish, tashkil 
etish va ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat ko‘rsatish sarflarini yig‘ish 
va ularni keyinchalik tegishli hisob obyektlariga taqsimlash uchun 
mo‘ljallangandir. Bunday schotlarni qo‘llash zaruriyatining ikkita sababi 
mavjud. Birinchidan, ayrim xarajatlar qilingan vaqtida ularni hisobga 
olish uchun tayinlangan hisob obyektlariga bevosita yozish imkoni 
bo‘lmaydi, ikkinchidan esa bu schotlar (yig‘ib-taqsimlovchi schotlar) 
xarajatlar normativini nazorat qilish uchun ishlatiladi. Yig‘ib-
taqsimlovchi schotlarda jamlangan xarajatlar hisobot davri tugaganidan 
so‘ng tegishli hisob obyektlariga taqsimlanadi. Yig‘ib-taqsimlovchi 
schotlarga «Umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi 
schotlar» kiradi. 
Nazorat-taqsimlovchi (hisobot davri oralig‘ida taqsimlovchi) 
schotlar ma’lum xo‘jalik jarayonida qilingan xarajatlarni hisobga olish 
va ularni bir-biriga bog‘liq bo‘lgan hisobot davrlari oralig‘ida taqsimlash 
uchun hamda keyinchalik sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xarajatlarni 
qoplash va bu xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga 
to‘g‘ri qo‘shish uchun qo‘llaniladi. Bunday schotlarga «Kelgusi davr 
xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» va «Kelgusi xarajatlar va 
to‘lovlar rezervlarini hisobga oluvchi schotlar» misol bo‘ladi. 


163 
«Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» aktiv schotlar 
bo‘lib, ularning debetida kelgusi hisobot davrlari uchun mazkur hisobot 
davrida qilingan sarflar, kreditida esa, shu sarflarni ishlab chiqarish 
xarajatlariga qo‘shish vaqti kelganda, ularning taqsimlanishi aks 
ettiriladi. Bu schotlarning faqat debetidagina qoldiq qolishi mumkin va u 
kelgusi hisobot davrlari davomida ishlab chiqarish sarflariga qo‘shilishi 
kerak bo‘lgan xarajatlar hisoblanadi. «Kelgusi davr xarajatlarini hisobga 
oluvchi schotlar»ning tuzilishi quyidagicha (6.5-rasm). 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin