R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


Tranzit (taqqoslovchi) schotlar



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

Tranzit (taqqoslovchi) schotlar
. Bu schotlar korxonaning 
moliya-xo‘jalik faoliyati natijalarini va yakuniy moliyaviy natijani 
aniqlashda ishlatiladi. Bularga «daromadlar va xarajatlarni hisobga 
oluvchi schotlar» misol bo‘la oladi. Korxona moliya-xo‘jalik 
faoliyatining natijalari xarajatlarni hisobga oluvchi schotlarning debetida 
aks ettiriladigan sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan 
xizmatlarning haqiqiy tannarxini, «daromadlarni hisobga oluvchi 
schotlar»ning kreditida hisobga olingan shu mahsulot, ish va 
xizmatlarning sotish bahosi bo‘yicha qiymati taqqoslash yo‘li bilan 
aniqlanadi. Bunday taqqoslash «Yakuniy moliyaviy natija» schotida 
amalga oshiriladi. Aniqlangan natija (qoldiq) kreditda (sotilgan 
mahsulot, ish yoki xizmatlarning sotish bahosi bo‘yicha qiymati reja 
tannarxidan yuqori bo‘lsa) xo‘jalikning foyda ko‘rishini bildiradi, agar 
qoldiq debetda qolsa, aksincha, zarar ko‘rganligini bildiradi. 
Tranzit schotlar schotlar rejasining V qismida joylashgan bo‘lib, 
ularning mazmuni umumiy ko‘rinishda quyidagicha (6.8-rasm)
*
.
«Xarajatlarni hisobga oluvchi
tranzit schotlar»
D-t K-t
«Daromadlarni hisobga oluvchi
tranzit schotlar»
D-t K-t

Xarajatlar 



Daromadlar
Oborot
Oborot
«Yakuniy moliyaviy natija» 
schoti 
D-t K-t 
6.8-rasm. Tranzit schotlarning umumiy chizmasi. 
«Yakuniy moliyaviy natija» schoti taqqoslovchi schot bo‘lib, uning 
kreditida korxonaning mahsulot sotish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish 
hamda mahsulot sotish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan turli xo‘jalik 
*
Tranzit schotlarning mazmuni va xususiyatlari kitobning 10-bob, 10.3-bo‘limida misollar bilan batafsil bayon 
qilingan. 


166 
muomalalaridan tushgan daromadlar aks ettiriladi. Bu schotning kredit 
oboroti korxonaning hisobot yilidagi umumiy foydasini bildiradi.
«Yakuniy moliyaviy natija» schoti bo‘yicha jamlangan debet va 
kredit oborotlari taqqoslanib, korxona faoliyatining moliyaviy natijasi 
(sof foyda yoki sof zarar) aniqlanadi. 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin