R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Schotlar rejasi bo‘limlarining mazmuni



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

6.6. Schotlar rejasi bo‘limlarining mazmuni 
 
«Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati 
buxgalteriya hisobi schotlar rejasini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»ning 
(№21-BHMSning 1-ilovasi) «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 
moliya-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schotlar rejasi» 6ta qism va 
9ta bo‘limdan iborat bo‘lib,1-8-bo‘limlar doimiy yoki balans schotlari 
so‘ngra 9-bo‘lim tranzit (vaqtinchalik) schotlar va alohida 6-qism 
balansdan tashqari schotlardan iborat (6.9-rasm). 


169 
Doimiy schotlar deb nomlanishiga sabab, ular har hisobot 
davrining oxirida yopiladigan tranzit schotlardan farqli hamma vaqt 
qoldiqqa ega bo‘ladi. Doimiy schotlar balansda ko‘rsatiladi va shuning 
uchun ular balans schotlari deb ham ataladi. Bularga aktivlarni, 
majburiyatlarni va xususiy kapitalni hisobga oluvchi schotlar kiradi. 
Doimiy schotlarga aktiv, passiv va kontrar (kontr-aktiv va kontr-passiv) 
kiradi. 
Aktiv schotlar har xil aktivlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan 
bo‘lib, ularning qoldig‘i va ko‘payishi debet tomonida, kamayishi esa 
kredit tomonida aks ettiriladi. 
Passiv schotlar majburiyatlar va kapitalni aks ettirish uchun mo‘l-
jallangan bo‘lib, ularning qoldig‘i va ko‘payishi kredit tomonida, 
kamayishi esa debet tomonida aks ettiriladi. 
Kontrar schotlar – bu qoldig‘i o‘zi bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy 
schotlar qoldig‘idan ayirilib, moliyaviy hisobotda aktivlar yoki majbu-
riyatlarning sof qiymatini aks ettirish uchun xizmat qiladi. Masalan, 
0200- «Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schotlar»( 0211-
0299) kontr-aktiv bo‘lib, ularning qoldig‘i tegishli asosiy vositani 
hisobga oluvchi schot qoldig‘idan chegirilib, balansda asosiy vositaning 
sof qiymatini aks ettirish uchun qo‘llaniladi. 8600- «Sotib olingan 
xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi schotlar» (8610,8620) kontr-passiv 
bo‘lib, ularning qoldig‘i 8300 «Ustav kapitalini hisobga oluvchi 
schotlar» (8310,8320) qoldig‘idan chegirilib, balansda ustav kapitalining 
real qiymatini aks ettirish uchun qo‘llaniladi. 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin